O‘zbekistondagi “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi bosh direktori Erkin Vagapov va O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Ergash Shoismatov hibsga olindi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu ikki shaxs hokimiyat va mansab vakolatini suiiste‘mol qilish hamda bir qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda.
O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Ergash Shoismatov va uning o‘g‘li Anvar Shoismatov 16-17 sentabr kunlari hibsga olingan. Bu voqeani kuzatayotgan Toshkentlik mustaqil jurnalist Abdumannon Xoljo‘rayev hozirgacha qo‘lga kiritgan ma‘lumotlarni Ozodlikka gapirib berdi.
Maqolaning audiosini eshiting:
- Shoismatovning nafaqat o‘zi, o‘g‘li ham hibsga olingan. O‘tgan payshanba, juma kuni, 16-17 sentabrda hibsga olingan. Erkin Shosimatovning o‘g‘li bilan birgalikda hisbga olingani aniq, deydi jurnalist.
Mamlakat geologiya, kimyo, neft va metallurgiya sanoatini nazorat qilgan sobiq mulozim Ergash Shoismatovga qarshi ochilgan jinoiy ish bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazayotgan jurnalist Xoljo‘rayev “O‘ztransgaz” aksiyadorlik shirkati bosh direktori Erkin Vagapov bilan bog‘liq vaziyatdan ham xabari borligini aytadi.
- Erkin Vagapov hibsga olingani haqida eshitmadim, lekin domashniy arestda ekanligini bilardim. Undan shaharni tark etmaslik haqidagi tilxat olinib, va ochiqda yurganiga bir oycha bo‘lib qoldi, deydi Xoljo‘rayev.
Erkin Vagapov bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilganimizda, tashkilot xodimasi Erkin Vagapov hali ham shirkat bosh direktori lavozimida ekanligini ta‘kidladi.
O‘zbekistondagi “O‘ztransgaz” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Erkin Vagapovning hibsga olingani haqida xabar qilgan Uzmetronom.com internet nashri, yuqori lavozimli amaldorning qamalishi ortida iqtisodiy jinoyat yotganligi haqida yozadi.
Uzmetronom.com horijiy shirkat nomini keltirmagan.
Ozodlik manbalariga ko‘ra, Erkin Vagapov va Ergash Shoismatovlarga ochilgan jinoiy ish bo‘yicha O‘zbekiston bosh prokuraturasi shug‘ullanayapti.
O‘zbekiston bosh prokuraturasi bu haqda izoh berishdan bosh tortdi.
Jurnalist Abdumannon Xoljo‘rayev ikki mulozimning qamalishi bir-biriga bog‘liq, degan fikrda.
Unga ko‘ra, Ergash Shoismatovga qarshi O‘zbekiston jinoyat kodeksining “Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar” bobining uchta moddasi bo‘yicha ayblov ilgari surilayapti.
- 209, 205, yana nechanchidir modda edi, hozir esimdan chiqibdi. 205 bilan 209 aniq bu. Bular “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste‘mol qilish” va “Mansab soxtakorligi” moddalaridir.
Ozodlik: O‘g‘lichi? Uning nima aloqasi bor?
- U Ustyurtdagi gaz qazib olish inshootida injener bo‘lib ishlagan, deydi jurnalist Xoljo‘rayev.
Hukumat mulozimlarining qamoqqa olinishini o‘rganayotgan yana bir mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov ularning hibsga olinishi ortida mansab vakolatini suiiste‘mol qilishdan tashqari iqtisodiy jinoyatlar ham bor, deydi.
Joriy yilning iyul oyida “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvchilar kengashi rahbari Ulug‘bek Nazarov ham prezident Islom Karimov qarori bilan egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan edi.
O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Ergash Shoismatov va uning o‘g‘li Anvar Shoismatov 16-17 sentabr kunlari hibsga olingan. Bu voqeani kuzatayotgan Toshkentlik mustaqil jurnalist Abdumannon Xoljo‘rayev hozirgacha qo‘lga kiritgan ma‘lumotlarni Ozodlikka gapirib berdi.
Maqolaning audiosini eshiting:
Ergash Shoismatov 2006 yilning aprelidan 2010 yilning iyuligacha O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan, mamlakatning mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, neft va gaz, geologiya, elektroenergetika, kimyoviy mahsulotlar sanoati kabi sohalariga rahbarlik qilgan.
Mamlakat geologiya, kimyo, neft va metallurgiya sanoatini nazorat qilgan sobiq mulozim Ergash Shoismatovga qarshi ochilgan jinoiy ish bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazayotgan jurnalist Xoljo‘rayev “O‘ztransgaz” aksiyadorlik shirkati bosh direktori Erkin Vagapov bilan bog‘liq vaziyatdan ham xabari borligini aytadi.
- Erkin Vagapov hibsga olingani haqida eshitmadim, lekin domashniy arestda ekanligini bilardim. Undan shaharni tark etmaslik haqidagi tilxat olinib, va ochiqda yurganiga bir oycha bo‘lib qoldi, deydi Xoljo‘rayev.
Erkin Vagapov bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qilganimizda, tashkilot xodimasi Erkin Vagapov hali ham shirkat bosh direktori lavozimida ekanligini ta‘kidladi.
O‘zbekistondagi “O‘ztransgaz” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Erkin Vagapovning hibsga olingani haqida xabar qilgan Uzmetronom.com internet nashri, yuqori lavozimli amaldorning qamalishi ortida iqtisodiy jinoyat yotganligi haqida yozadi.
Uzmetronom.com horijiy shirkat nomini keltirmagan.
Ozodlik manbalariga ko‘ra, Erkin Vagapov va Ergash Shoismatovlarga ochilgan jinoiy ish bo‘yicha O‘zbekiston bosh prokuraturasi shug‘ullanayapti.
Erkin Vagapov esa, hozir ham rasman “O‘ztransgaz” kompaniyasining bosh direktori lavozimida qolmoqda. Har qalay shirkat vakillari shunday demoqda.