Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:18

“Al-Jazeera” Afg‘onistondagi Xalqaro koalitsiya kuchlarni aybladi


“Al-Jazeera” NATOni Afg‘oniston urushining yoritilishiga to‘sqinlik qilishga urinayotganlikda aybladi.

Qarorgohi Dohada joylashgan “Al-Jazeera” shu haftada telekanalning ikki nafar afg‘onistonlik operatori qo‘lga olinganini “Xalqaro koalitsiya kuchlari rahbariyati tomonidan mojaro to‘liq yoritilishiga to‘sqinlik qilishga urinishi”ning bir qismi deya baholadi.

“Al-Jazeera” telekanaliga ko‘ra, NATO yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari ikki operator toliblarni tashviq qilish uchun ular bilan hamkorlik qilganlik aybi bilan qo‘lga olingani haqidagi ma‘lumotni tasdiqlagan.

“Al-Jazeera” bu iddaoni rad qilib, jurnalistlarning darhol qo‘yib yuborilishini talab qildi.

Jurnalist Muhammad Nodir chorshanba kuni Qandahor viloyatida, Rahmatulla Nekzod esa dushanba kuni G‘azni viloyatida qo‘lga olingan.

Afg‘oniston pezidenti ma‘muriyati Hamid Karzay Axborot vazirligiga “jurnalistlarni ozod qilish bo‘yicha chora ko‘rish” to‘g‘risida ko‘rsatma berganini bildirdi.

Xalqaro koalitsiya kuchlari vaziyatni izohlaganicha yo‘q.
XS
SM
MD
LG