Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:53

Dunyo liderlari Isroilning qaroridan "xavotir" bildirdi


Dunyo liderlari Falastindan bosib olingan yerlariga Isroil hukumati yahudiylar uchun yangi uylar qurishga joriy qilgan moratoriy muddatini uzaytirishni rad qilganidan taassuf va afsuslanish bildirdilar.

Bu borada yakdillik bilan xavotir bildirgan Yevropa liderlari Isroilning qarori 20 oy to‘xtab qolganidan keyin shu oyda qayta boshlangan tinchlik muzokaralarining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi.

BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun Isroilning harakatini “provokatsion” deb atab, xavotir bildirdi.

Ayni paytda AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Filip Krouley Falastin prezidenti Mahmud Abbos “og‘ir-bosiqlik” ko‘rsatganini olqishladi.

- Biz ikki tomonni hozirdan boshlab o‘z xatti-harakatlarida konstruktiv bo‘lishga chaqirdik. Biz albatta og‘ir-bosiqlikni qadrlaymiz, - dedi Filip Krouley.

Parijda so‘zlagan Falastin prezidenti Mahmud Abbos 29 sentabr kuni Ramallohda falastinlik muzokarachilar va 4 oktabrda Qohirada Arab Ligasi bilan maslahatlashganidan so‘ng Isrolil bilan muzokaralarni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslik haqida qaror qabul qilishini aytdi.
XS
SM
MD
LG