Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:17

Polsha O‘zbekistonni JSTga a‘zo qilmoqchi


O‘zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lishi uchun Polshaning tayanchigina kifoya qilmaydi, deydi mutaxassislar.
O‘zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lishi uchun Polshaning tayanchigina kifoya qilmaydi, deydi mutaxassislar.

Polsha O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (WTO) qo‘shilish urinishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘tgan payshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekistondagi Polsha elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi “Varshava O‘zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lishi uchun siyosiy yordam ko‘rsatishga tayyor”, deya bayon qildi.

Farrux Yusufiy

Jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘lish niyatidagi mamlakat muayyan talablarga javob berishi lozim. Xususan, birinchi navbatda qo‘shni davlatlar shuningdek, tashkilotga a‘zo davlatlar bilan ochiq savdo olib borishga tayyor ekanini ko‘rsata olishi va buning uchun tegishli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishi lozim.

Maqolaning audiosini eshiting:


Bundan tashqari, a‘zolikka da‘vogar mamlakat olib borilayotgan islohotlar va o‘z iqtisodining shaffofligini ko‘rsatuvchi hujjatlarni rasmiylashtirishga oid uzoq davom etadigan jarayondan o‘tishi lozimdir.

Jahon savdo tashkiloti (World Trade Organization) 1995 yilda tashkil etilgan. 153 davlat a'zo. Xalqaro va ichki savdoni erkinlashtirish bo'yicha ishlar olib boradi.
Toshkentdagi matbuot anjumanida O‘zbekistondagi Polsha elchixonasining savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Slavomir Stshalkovski o‘z mamlakati O‘zbekistonga hujjatlarni rasmiylashtirishga oid jarayonda ko‘maklashajagi va “O‘zbekistonga bu masalada siyosiy lobbi”, ya‘ni tayanchni taqdim etishini va‘da qildi.

Jahon savdo tashkilotining Jenevadagi qarorgohi matbuot xizmati boshlig‘i Kit Rokuell Ozodlik bilan suhbatda, tashkilotga a‘zo bo‘lish niyatidagi davlat birinchidan, boshqa a‘zo davlatlar uchun o‘z bozirini ochib berish va JST qoidalariga amal qilishga tayyorligini ko‘rsatishi lozim, deydi.

Ikkinchidan, a‘zolikka da‘vo qilayotgan har bir davlatni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilgan va tashkilotga qabul qilish jarayoni tezlashishi uchun bu ishchi guruhi doimiy ishlab turishi lozim.

Polshaning O‘zbekistonni bu masalada qo‘llab-quvvatlashi foydadan holi bo‘lmaydi, lekin biror davlatning a‘zolik masalasi tashkilotning barcha ishtirokchilari roziligi bilan amalga oshadi, deya qo‘shimcha qiladi Rokuell janoblari.

O‘zbekiston Moliya vazirligining sobiq amaldori, hozirda Ostonadagi Yevroosiyo univyersiteti iqtisodiyot fakulteti dekani Saparboy Jubayev, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq JSTga a‘zo bo‘lishga harakat qilgan, har qalay bunga harakat qilayotganini namoyish etib kelgan deydi. Lekin keyingi yillarda O‘zbekiston a‘zolikni qo‘lga kiritishi uchun talab qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmagani, boz ustiga qo‘shni davlatlar bilan aloqalarining puturi ketgani bois Toshkent uchun a‘zolik istiqbollarini deyarli yo‘qqa chiqardi.

JST rasmiysi Rokuellga ko‘ra, O‘zbekistonning tashkilotga a‘zoligini ko‘rib chiqadigan ishchi guruhining oxirgi yig‘ini besh yil avval o‘tkazilgan. Ya‘ni na rasmiy Toshkent uchun, na mazkur ishchi guruhi uchun O‘zbekistonning JSTga a‘zo bo‘lishini kunning dolzarb masalasi, deb bo‘ladi.

O‘zbekistondagi bolalar mehnati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqlari kafolatlanmaganligi va shunga o‘xshash boshqa ijtimoiy muammolar O‘zbekistonning JSTga qabul qilinishida to‘siq yaratishi mumkin, deya qo‘shimcha qiladi Kit Rokuell.
XS
SM
MD
LG