Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:48

Yevropaga boruvch AQSh fuqarolari ogohlantirildi


AQSh hukumati Yevropaga yo‘l olayotgan fuqarolarini terror tahdidlariga qarshi ogohlantirdi.

Bu haqda rasmiy Vashington chop etgan ogohlantiruv bayonotida AQSh fuqarolariga Yevropaga safar qilar ekan, juda hushyor bo‘lish tavsiya etilgan. Ammo, ularga Yevropa safarlaridan tiyilish tavsiya etilmagan.

AQSh rahbariyati buning uchun Yevropaning bir qator davlatlariga potensial terror tahdidi borligi yuzasidan Yevropa hukumatlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazganini aytmoqda.

So‘nggi haftalar ichida Yevropa davlatlari “Al-Qoyda” va unga aloqador terrorchi guruhlar Yevropaning yirik shaharlariga terrorchilik hujumlarini rejalashtirgani va ularning oldi olib qolingani haqida ma‘lum qilgan edi.

AQSh davlat departamenti rasmiysi Fillip Krouli Oq uy mamlakat fuqarolarini “Al-Qoida” tomonidan ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishga hanuz katta e‘tibor qaratayotganini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG