Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:30

11 yilda "bo‘xanka" non 11 barobar qimmatlabdi.


Belarus -- A man holds in his hand a loaf of bread, Borisov, September 7, 2008
Belarus -- A man holds in his hand a loaf of bread, Borisov, September 7, 2008
Non nechanchi marta qimmatlayapti o‘zi? Eeee, hisobdan ham adashib ketdim. Ammo bir narsa aniq esimda. 1999 yilda Toshkentga talaba bo‘lib kelganimda, bir buxanka non 35 so‘m edi. 2003 yil talabalik safidan chiqaëtganimda 145 so‘mga yetgan bir buxanka non 2010 yil oktabr oyida 400 so‘mga chiqdi.

Endi hisoblab ko‘rsam, 1999 yildan shu kungacha buxanka 11 barobar qimmatlabdi.

Hatto hozirgi kunga nisbatan arzonroq bo‘lgan o‘sha kunlarda ham non uchun navbatga turganimni eslayman. O‘zimga o‘zim, non shahri bo‘lgan Toshkentda bunday navbatda turish bo‘lsa, viloyatlarni gapirmasak ham bo‘ladi, deganim ham esimda.

Kecha do‘stlarim bilan ovqat ustida gurunglashib o‘tirib, non qimmatlagani haqida gap ochdim.

“Ha endi Rossiyada bu yil qurg‘oqchilik kuchli bo‘ldi. Shuning ta‘siri bo‘lsa kerakda”, dedi bittasi.

“Yo‘q, bu yil Qozog‘iston un berishni kamaytirdiyu, shunga bo‘lsa kerak”, dedi ikkinchisi.

“Qozog‘iston un berishni bu yil kamaytirgan bo‘lsa, Rossiyada qurg‘oqchilik bu yil bo‘lgan bo‘lsa, nega endi bizda non har yil qimmatlaydi? Buning ustiga bu yil deyarli 7 million tonna bug‘doy yig‘ishtirib olgan bo‘lsak”, deya e‘tiroz bildirgan bo‘ldim.

O‘rtoqlarimning biri olib, biri qo‘yib o‘z fikrini ma‘qullashdan tinmas ekan, chuqur o‘yga tolib, qishloqda bug‘doy yig‘im-terimida qatnashganimni esladim.

Bir yili “Bir gektar bug‘doy o‘rganlarga 300 kilodan bug‘doy berilishi”, haqida gap tarqaldi. Unchalik ishonqiramagandim, ammo rost chiqib qoldi.

Oilaviy bug‘doy o‘rimiga otlandik. 3 kun ichida bir gektar bug‘doyni o‘rib qo‘ydik. Bug‘doy o‘rimiga chiqqanimizning uchinchi kuni kechqurun charchab kelaëtsam, orqamdan ot aravada tog‘amning o‘g‘li kelib qoldi.

“Aravaga chiq. Birga ketamiz” dedi u.

Aravada ketarkanmiz, tog‘amning o‘g‘li menga qarab “Ha charchadingmi? Hechqisi yo‘q. Hozir qiynalaëtgan bo‘lsang, qishda maza qilib, ëtib yeysan bu bug‘doyni”, dedi.

“Ha”, dedim men. “Endi bu yil un sotib olmaymiz. Bug‘doy yetarli. Un tugasa, tegirmonda bug‘doydan un chiqartiramizda yeyavyeramiz.”

Ammo men o‘ylaganday bo‘lmadi. Yana un sotib ola boshladik.

“Nimaga un sotib olayapmiz? Axir shuncha bug‘doy borku”, desam onam “O‘g‘lim, bu bug‘doyning uniga manavi magazin unidan qo‘shmasak bo‘lmaydi. Aks holda nonlarimiz oqib ketadi”, dedi.

Shunda tushundimki, biz yetishtirgan falon million tonnalik xirmon qozoq ëki o‘ris uni bo‘lmasa hech narsa emas ekan.

“Ovqatingizni yemaysizmi? Tezroq yeng. Keyin hazm bo‘lishi qiyin bo‘ladi”, degan gap xaëlimni bo‘ldi.

“Oldin non qimmatlaganini hazm qilib olaylik, ovqat hazmi qochmas”, dedim men kinoya qilib.

****************

Adashmasam 1997 yilda g‘alla mustaqilligiga erishgan, bu yil deyarli 7 million tonna bug‘doy yig‘ishtirib olgan O‘zbekistonda yana non qimmatladi.

Oddiy o‘zimizning "bo‘xanka" non 400 so‘mga chiqdi.
XS
SM
MD
LG