Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2025, Тошкент вақти: 10:39

Toshkentda paxta yarmarkasi ochiladi


Dubaydagi paxta xom ashyosini ayirboshlash markazi bugun Toshkentda ochilajak VI Xalqaro paxta yarmarkasida qatnashishini bildirdi.

Ushbu markaz o‘zbek paxtasi uchun Osiyo bozorida xaridorlarni topib, uni sotishda yordam berish borasida Toshkent hukumati bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi.

"Al Bawaba" nashrining yozishicha, Toshkentdagi paxta yarmarkasida Dubay paxta markazi rahbari Krishnan Ramamurtiy shaxsan ishtirok etadi.

Toshkentda har yili o‘tkazish odat bo‘lib qolgan Xalqaro paxta yarmarkasi bu yil ham O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi avj pallaga kirgan bir paytda o‘tayapti.

Yarmarka ishtirokchilarining asosiy qismini Rossiya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Eron, Turkiya, Bangladesh, Pokiston vakillari tashkil qiladi.

O‘zbekiston paxtasini sotib oluvchi Yevropa va Amerikadagi yirik to‘qimachilik korxonalari esa mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanilayotganini da‘vo qiladi va ularning ayrimlari o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qilgan.

O‘zbekiston jahonda paxta yetishtirish bo‘yicha oltinchi, eksport qilish borasida ikkinchi o‘rinda turadi. Har yili bu davlat 800 tonna paxtani chetga sotadi.

O‘zbek paxtasining asosiy haridorlari esa Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Pokiston va Erondir.
XS
SM
MD
LG