Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:27

O‘shda yana o‘zbeklar kaltaklandi. Bir rus advokat ayol ham


Chorshanba kuni kaltaklanganlar yaqinlari ustidan boshlanishi kerak bo‘lgan sudni kuzatgani kelgan edi.
Chorshanba kuni kaltaklanganlar yaqinlari ustidan boshlanishi kerak bo‘lgan sudni kuzatgani kelgan edi.
Sud majlisiga qatnashish uchun garnizon oldiga yetib kelgan 6 kishi – 5 o‘zbek va 1 rus shu yerda turgan kamida 40 kishilik olomon – qirg‘iz erkaklar va ayollar tomonidan kaltaklangan.

Atrofda turgan militsiya xodimlari zo‘ravonlikni to‘xtatishga harakat qilmagan.

Bu haqda voqea guvohi aytib berdi.

Ozodlik muxbiri kaltaklanganlarning o‘zlarini ham topdi.

Hozir ularning aytganlarini eshittirishga qo‘yamiz.

Voqea guvohi – o‘zini Zumradxon degan o‘shlik ayol.

Zumradxonning aytishicha, uning o‘zi ham kaltaklanishi mumkin edi. Lekin tasodif uni saqlab qoldi.

Ozodlik: Tolpa deganingiz qanaqa tolpa u? Kimlar edi, necha kishi edi?

- Ular taxminan 100dan oshiq qirg‘iz erkak-xotinlari edi.

Ozodlik: Necha kishi kaltak yedi?

- Hozir taxminan olti kishi kaltak yedi.

Ozodlik: Siz aytgan joyda sud majlisi bo‘lishi kerak ekan. 100ga yaqin odam to‘plangan ekan. Militsiya ko‘rinmadimi?

- Militsiya keldiyu faqat qarab turdi. Bittasi ham ëradm bergani yo‘q. Pravozshitniklar hammasi qarab turdi. Olomonga qo‘yib berdi. Keyin bittasi solidniy mashinada kelib turib “Ey sartlar, qachon yo‘qolasan O‘zbekistoningga? Senlardan to‘ydik biz. Baribir senlarni so‘yib tashlaymiz” dedi, deydi 13 oktabr kungi zo‘ravonlik guvohi Zumradxon.

Navbatdagi suhbatdoshimiz yoshi 61ga chiqqan o‘shlik Ikrom aka Isomiddinov. U kaltaklanganlardan biri. Harbiy garnizonning oldiga sud majlisida qatnashish uchun kelgan edi. Sudlanayotgan 6 o‘zbek yigitdan biri – uning jiyani.

- Sudlanadi degan edida. Bizning jiyanimizni ushlab olgan edi. 11-uchelishening oldiga kelinglar degan edi. O‘sha yerga borsak, mashinadan tushirmasdan xotinim bilanm ikkalamizni tortib tolpa tepkilab yubordi. Hozir mana rentgenga tushayapmiz. Qovurg‘alarimizga tepib sindirib yuborishdi.

Ozodlik: Atrofda militsiyalar yo‘qmidi?

- Militsiya, o‘sha yerdagi soldatlar hammasi qarab turdi.

Ozodlik: Sizga ërdam berishmadimi? Ajratishmadimi?

- Ërdam berishmadi. Bizni tepkilashganini qarab turishdi.

Ozodlik: Qanday qilib qutulib qoldinglar?

- Qochib ketdikda. Tez ërdamga telefon qilishgan edi. Kelib olib ketdi. Hozir poliklinikadamiz.

Ozodlik: U yerga mashinada keluvdingizmi ëki piëdami?

- Mashinada borgan edim. Mashinamizni ham urib sindirib yuborishdi.

Ozodlik: Endi hozir nima qilmoqchisiz? UVDgami, prokuraturagami borasizmi ëki bormaysizmi?

- Bilmayman, hozir hamma ëg‘im og‘rib mana bu yerda o‘tiribman nima qilishni bilmay, deydi kaltaklanganlardan biri o‘shlik Ikrom aka Isomiddinov.

13 oktabr kuni O‘sh shahridagi harbiy garnizon binosi oldida kaltaklanganlardan yana biri sudlanayotgan o‘zbek yigitlardan birining advokati Tatyana Tominadir.

- Bizga jabrlanuvchilardan birining qarindoshlari hujum qildi. Hali sud jarayoni boshlangan ham emasdi. Biz garnizon oldida turgandik. Avvaliga, ochiqda yurgan ayblanuvchilardan biriga hamla qilishdi. Keyin uning advokati, undan kein menga hujum qilishdi. Hozir do‘xtirxonadan tibbiy yordam olib chiqdim, dedi advokat Tatyana Tomina.

Kaltaklangan yana bir advokat Dilbar Turdiyevadir. U mana bunday hikoya qildi.

- Men Xurshidni himoya qilardim. Biz soat ikkida kelishimiz bilan bitta podsudimiy Nizomxo‘jayev Suhbatullo ochiqda edi, podpiskada sudgacha. Uni o‘sha yerda poterpevshiylarning hammasi urishdi, tepishdi. Uni qutqaraman deb men ham jarohat yedim. Soldatlar hech kim ërdam bermadi. Odamlarning orasida bo‘ldi bu. Hech kim kelmadi. Faqat militsiyaning bitta pogonli bolasi ërdam berishga harakat qildi. Lekin uning kuchi yetmadi. Chunki ular juda ham agressivniy bo‘ldi. Hozir biz osvidetelstvo qilsak, ikkita qovurg‘asi sinibdi. Hozir biz shahar kasalxonasida neyroxirurgiya otdeleniyesiga juda og‘ir ahvolda keldik, deydi O‘sh shahridagi harbiy garnizon binosi oldida kaltaklanganlardan biri advokat Dilbar Turdiyeva.

Biz voqea yuzasidan Qirg‘iziston respublikasi ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildik. Xizmat xodimi masalani o‘rganib, ma‘lumot berishga va‘da berdiyu keyin uni topib bo‘lmadi.

Qirg‘iziston respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi va‘dasining ustidan chiqdi. Baqtibek Risaliyev mana bunday dedi:

- Hech narsa bo‘lmabdi. Sud majlisi yaxshi o‘tibdi. Voqea ko‘chada bo‘lib o‘tibdi, dedi Baqtibek Risaliyev.

Xullas, Oliy sud matbuot kotibining aytishicha, sud sud zalidagi vaziyat uchun javob beradi. Ko‘chadagi ahvol uchun javobgarlik huquq-tartibot organlari zimmasida.

Fuqarolar xavfsizligini ta‘minlamayotgan Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari uchun mas‘uliyat kimning zimmasida? Zo‘ravon olmonni kim tartibga chaqiradi?

Bu savollar kecha javobsiz edi. Bugun ham javobsizligicha qolmoqda. Ertagachi?
XS
SM
MD
LG