Линклар

Шошилинч хабар
12 декабр 2023, Тошкент вақти: 04:13

Google jazni yoqtiradi


Google's doodle celebrating Dizzy Gillespie's birthday
Google's doodle celebrating Dizzy Gillespie's birthday
Google kompaniyasining izlash xizmati saytining bugungi dudle ni (doodle - izlash sahifasidagi "Google" nomi o'rniga ishlatilgan surat) 20 asrning eng taniqli jaz truba chaluvchilaridan biri Dizzi Gillespining (Dizzy Gillespie) tug'ilgan kuniga bag'ishladi.

Dizzi Gillespining nomi jaz muxlislariga yaxshi tanish. Taniqli Charli Parkerning ismi hamisha Dizzi Gillespi bilan birga tilga olinadi. Dizzi Gillespi 1917 yil 21 oktabrda AQShning Janubiy Karolina shtatida tug'ilgan. Taniqli jaz truba ijrochisi, vokalist, kompozitor, aranjirovshik, bir qator ansabl va orksetrlarning etakchisi.

Gillespining eng maqtovga sazovor tarafi bu uning bugungi kundagi jazdagi improvizatsiya, yani tayyorlanmasdan turib sahnada yangi jaz asarlarini ijro etish usulining asos solgani.

Dizzi Gillespi 1993 yil AQShning Nyu Jersi shtatida 76 yoshida vafot etdi.
XS
SM
MD
LG