Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:15

Facebook O’zbekistonda yopildimi?


Internetdagi ayrim axborot agentliklari tarqatayotgan ma‘lumotlarga ko‘ra, kecha, 21 oktabr kuni internet ijtimoiy tarmoqlarining eng kattasi bo‘lmish Facebook saytiga O‘zbeklistonda blok qo‘yildi.

Buni tekshirish uchun biz O‘zbekistondagi bir nechta internet foydalanuvchilari bilan bog‘lanib, ulardan Facebook saytini ochib ko‘rishni iltimos qildik. Tekshiruvimizning natijalari esa bizni xayron qoldirdi. Ma‘lum bo‘lishicha, Facebook saytiga butun mamlakat bo‘ylab to‘siq qo‘yilmagan, balki ayrim internet provayderlari o‘zlari to‘siq qo‘yishganga o‘xshaydi. Hususan, ARS-inform, SKS va Buston (Bilayn) internet provayderlarida Facebook sayti ochiqligicha qolmoqda, lekin Sharq telekom, Sarkor telekom va Uznet internet provayderlarida esa Facebookga 21 oktabrdan boshlab to‘siq qo‘yilgan. Mobil interneti esa hozircha to‘siqsiz.

Ayrim ma‘lumot agentliklarining iddaosiga ko‘ra, Facebookga to‘siq qoyilishining ortida O‘zbekiston davlati turibdi, chunki ohirgi vaqtda muxojurlikda yurgan o‘zbek muxolifat a‘zolari, dissidentlar va mustaqil ma‘lumot agentliklari Facebook saytida juda ham faollashib qolishgan.
Facebook ijtimoiy tarmog'i 2004 yil Garvard Universiteti studenti Mark Zukerberg tarafidan tashkil qilingan. Bugungi kunda 500 millionga yaqin faol foydalanuvchisi bor.

Facebook kompaniyasining joriy yilning iyun oyida bergan ma‘lumotiga ko‘ra, Facebook internet ijtinmoiy tarmog‘ida 30 mingga yaqin o‘zbekistonlik faol foydalanuvchi bor. Lekin bu Facebookdagi o‘zbekistonliklarning hammasi degani emas, chunki ayrim foydalanuvchilar, ayniqsa chet elda taqsil olayotgan o‘zbek studentlari, “turar joyi” deb o‘zlari yashayotgan yoki taxsil olayotgan chet mamlakatlarini ko‘rsatishadi.

To‘siq bo‘yicha o‘tkazgan kichkina tekshiruvimiz mobaynida aniqlanishicha, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari internetdagi to‘siqlarni proksi server yoki boshqa dasturlarni ishlatib engib o‘tishda ancha tajribasi oshgan ko‘rinadi. Bu esa O‘zbekiston davlatiga o‘ziga hos bir signal, chunki internetdagi ma‘lumotga to‘liq to‘siq qo‘yishning umuman ilojisi yo‘q.

So‘z erkinligi qog‘ozda bor, lekin haqiqatda yo‘q bo‘lgan O‘zbekistonda bundan oldin ham bir qator mustaqil ma‘lumot resurslari internetda blok qilingan edi. Ularning qatorida Ozodlikning veb-sahifasi ham bor.

Ho‘sh, O‘zbekistonda Facebook yopildimi yoki yo‘qmi?
XS
SM
MD
LG