2002 yili Afg‘onistonda jang qilgan va hibsga olinganidan so‘ng Guantanamodagi AQSh qamoqxonasiga tashlangan Kanada fuqarosi Umar Xadr sudda o‘zining aybdor ekanligini tan oldi.
Xabarlarga qaraganda, hibsga olingan paytda 15 yoshda bo‘lgan Xadrning o‘z aybini tan olishi sud bilan hamkorlik, deb baholanadi va bu holat unga nisbatan umrbod qamoq jazosi to‘g‘risida hukm chiqarmaslikka asos bo‘lishi mumkin.
Sudlanuvchi "Al-Qoida"ga aloqasi borligini hamda AQSh askarini o‘ldirganini tan oldi. Sud jarayonining boshqa tafsilotlari hozircha xabar qilinmadi.