Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2023, Тошкент вақти: 13:26

O'zbeklar shu qadar poraxo'rmi?


O‘zbekiston Transparency International tashkiloti tomonidan tuzilgan korrupsiyani baholash indeksi reytingida 178 davlat orasida 172-o‘rinni egalladi.

Transparency International tashkiloti o‘tkazgan izlanishlarga ko‘ra O‘zbekiston korrupsiya eng chuqur ildiz otgan davlatlardan biri deb topildi.

Ushbu tashkiloti tomonidan tuzilgan korrupsiyani baholash indeksi reytingida O‘zbekiston 178 davlat orasida 172-o‘rinni egalladi.

Bu o‘rinni O‘zbekiston Turkmaniston va Sudan bilan bo‘lishdi. O‘zbekistondan so‘ng Iroq, Afg‘oniston, Myanmar va Somali keladi. Turmanistonni hisobga olmaganda, mintaqaning boshqa davlatlari O‘zbekistondan ancha yuqorida. Hususan, Qirg‘iziston 164-o‘rinda, Qozog‘iston 105-o‘rinda, Tojikison 154-o‘rinda.

Transparency International tashkilotining to'liq hisobotini bu erda o'qishingiz mumkin.
O‘tgan yili O‘zbekiston bu reytingda 174-o‘rinda edi, lekin tadqiqot bir yil oldin 180 ta davlatni qamragandi.

Daniya, Yangi Zelandiya, Singapur, Finlyandiya va Shvyesiya korrupsiya darajasi eng past davlatlar, deb tan olingan va ular reytingning dastlabki pog‘onalaridan joy olgan.

Mana necha yilki Transparency International va shu kabi tashkilotlarning korrupsiya bo‘yicha hisobotlarida O‘zbekiston pastki o‘rinlarni egallab kelmoqda. Bunga sabab nimada? Rostdan ham o‘zbeklar shunchalik yaxshi ko‘rishadimi pora olishni?
XS
SM
MD
LG