Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:00

Estoniya rasmiylari O‘zbekiston parlamentida bo‘ldi


Estoniya Bosh vaziri Andrus Ansip yetakchiligida O‘zbekistonga uch kunlik safar boshlagan delegatsiya bugun O‘zbekiston parlamenti a‘zolari bilan uchrashdi.

Estoniya Tashqi ishlar vazirligining ushbu delegatsiya tarkibida bo‘lgan matbuot vakili Leyni Ketrin muzokaralarda o‘rtadagi 16 yillik aloqani yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilinganini aytdi.

- Davlatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 16 yil bo‘ldi va biz hozir o‘zaro iqtisodiy hamda boshqa sohalardagi hamkorlikni kuchaytirishga asos bo‘ladigan muhim kelishuvlarga erishish maqsadida muzokaralar o‘tkazdik, dedi Estoniya rasmiysi.

Unga ko‘ra, prezident Islom Karimov va Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvlar safarning keyingi kunlariga belgilangan.

Estoniya Bosh vaziri safari davomida o‘zbek rasmiylari bilan Afg‘onistondagi vaziyatning Markaziy Osiyo mintaqasiga ta‘siri masalalarini ham muhokama qilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG