Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:55

Qotillikda gumonlangan O‘zbekiston fuqarosi Ostonada qo‘lga olindi


Qozog‘istondagi axborot agentliklari “Orbita” savdo uyining qo‘riqchisini o‘ldirganlikda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi poytaxt Ostonada ushlanganini xabar qildi.

3 noyabr kuni o‘tkazilgan brifingda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi rasmiysi Kuanishbek Jumanov hozirda jinoyatning boshqa ishtirokchilarini topib, ularni qo‘lga olish borasida qidiruv-surishtiruv ishlari olib borilayotganini aytdi.

Jumayevga ko‘ra, 31 oktabr kuni “Orbita” savdo uyining qo‘riqchisini o‘ldirgan shaxslar 10ta do‘konni ochib kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari, galantereya mahsulotlari, kiyim-kechak va uyali telefon kartochkalarini o‘g‘irlab ketgan.

Qo‘lga olingan shaxs, ayni savdo uyining sobiq qo‘riqchisi, o‘z aybini tan olgan va o‘g‘irlangan buyumlarni qaytargan.
XS
SM
MD
LG