Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:05

Twitterda 2011 yili 200 million foydalanuvchi bo'ladi


Mikroblog yuritish uchun eng qulay xizmat deb hisoblangan Twitter yangi 2011 yilni 200 million faol foydalanuvchi bilan qarshi olmoqchi. Bugun Twitterda 175 million faol foydalanuvchi bor. Bundan atigi bir oy burun esa foydalanuvchilarning soni 145 million, yarim yil oldin 105 million, 2009 yil ohiri 48 million, uch yil ilgari esa 500 ming edi. Bugunni kunning statistikasiga ko'ra, Twitterda kuniga 500 ming, oyiga esa 15 millionga yaqin yangi foydalanuvchi ro'yxatdan o'tadi.

Agar Twitterning "aholisi"ni Markaziy Osiyo davlatlariga bo'lsak 6 O'zbekiston, 10 Qozog'iston, 25 Tojikiston, 32 Qirg'iziston va 25 Turkmaniston bo'ladi.

Har yozganda atigi 140 simvolni yozish mumkin bo'lgan bu xizmat muvaffaqiyatining siri nimada? Twitterdan foydalanuvchilarning ko'plarini aytishicha, Twitter o'zining engilligi va mobil telefon orqali ishlatilishi oson bo'lganligi tufayligina shuncha ko'p foydalanuvchini zabt etgan.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev Twitterning San Fransiskodagi bosh idorasida Twitter asoschilari Biz Stoun va Evan Villiamslar yordamida o'zining birinchi "tvitini" yozmoqda.
Twitterning engil va qulayligi bunday katta muvaffaqiyatning yagona sababchilari, desak adashgan bo'lamiz, albatta. Bunga yana AQSh, Rossiya kabi davlatlardagi siyosatchilar qilgan PR (reklama) ham sabab bo'ldi. AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevlar bunga yorqin misoldir. Barak Obamaning komandasi 2008 yil saylovoldi kampaniyasi davomida internetda juda ham faol bo'lib, bir qator blog, mikroblog va internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Obamaning prezidentlikka nomzodini ilgari surishgan. Internetda hatto Obamaning mobil telefon orqali o'z Twitter sahifasida yozayotgani suratlari qo’yilgan. Dmitriy Medvedev Twitter bilan qo’llanishda Obamadan ham o’zib ketdi. AQShga qilgan safari chog’ida Medvedev atayin Twitterning San Fransiskodagi bosh idorasiga borib, Rossiya prezidenti uchun Twitterda mikroblog ochdi.

Internetadgi yangi texnologiyalar bo’yicha mutahhassis Sergey Makarovning "Yosh tol’qin"ga aytishicha, siyosatchilar bloglar yordamida o’zlarini oddiy halqga yaqinligini ko’rsatishga harakat qilishadi.

- Prezidentlarning Twitterda mikroblog ochishidan maqsad o’zlari olib borayotgan siyosatning shaffofligini ko’rsatish, halq bilan yaqindan muloqot o’rnatish yoki shu muloqot borligini ko’rsatish va albatta o’zini PR qilishdir, deydi Sergey Makarov.

Mintaqa haqida gapiradigan bo'lsak Qozog'iston va Qirg'iziston Twitterdan foydalanish bo'yicha birinchi o'rinda turishadi. Qirg’izistonda ham yaqinda bo’lib o’tgan parlament saylovlari oldidan bir qator partiya etakchilari, hozirda deputatlar, Twitterda mikrobloglar ochishgan. Albatta, Obama va Medvedevga o’xshab, ularning ham Twitterda yozgani vaqti yo’q. Bu ish bilan asosan ularning PR agentlari shug’ullanishadi. Lekin ularning Twitterda borligining o’zi insonning ko’zini quvontiradi.

Shu o’rinda savol tug’iladi. Nega O’zbekiston siyosatchilari yoki, umuman olganda, o'zbekistonliklar kundan kunga mashxur bo’lib ketayotgan Twitter yoki shunga o’xshash mikroblog xizmatlaridan faol foydalanishmaydi?

Siz bu haqda nima deb o’ylaysiz, aziz mushtariy?
XS
SM
MD
LG