Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:10

Angliya qirollik oilasi endi Facebookda


Shu haftadan boshlab Angliya qirolllik oilasi Facebook ijtimoiy tarmog'iga rasman qo'shildi. Facebookdagi shahifa qirollik oilasining internet ijtimoiy tarmoqlaridagi to'rtinchi sahifasi bo'ldi. Bundnan oldin Qirolicha Elizaveta boshqargan qirollik oilasining Twitter, Youtube va Flickr kabi internet saytlarida sahifalari bor edi.

Yo'q, siz o'ylaman endi shaxzoda Villiam va Garrilarning tungi klublarda o'ynayotganining suratlarini tamosha qilamiz, deb. Ushbu sahifa butun qirollik oilasining rasmiy sahifasi bo'lib, oila haqida yangiliklar, video va suratlarni o'z ichiga oladi.Endi bemalol ularing sahifasiga kirib, sizga yoqgan qirollik oilasining a'zosini "Like", ya'ni "menga yoqdi" tugmachasini bosishingiz mumkin.

O'zbekiston "qirolining" oilasi ham bugungi kunda modaga kirgan Facebookdan o'ziga sahifa ocharmikin?
XS
SM
MD
LG