Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:36

Xitoy o‘zining qudratli kompyuteri bilan AQShni dog‘da qoldirdi


O'tkan asrda "sovuq urush" vaqtida mamlakatlar kimning raketasi kuchli, deb bellashishgan bo'lsa, 21 asrda ma'lumot texnologiyalari raketalarni o'rnini egalladi.

So'ngi yangiliklarga ko'ra, Xitoy jahondagi eng tezkor kompyuteri bilan AQShni ortda qoldirdi. Xitoyda ishlab chiqilgan Tianhe-1 superkompyuteri bir soniyada 2570 trillion (!) amaliyotni bajarishga qodir va bu hozircha jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Dunyoning eng qudratli 500 kompyuteri ro‘yxatida aksar yuqori o‘rinlarni haliyam Qo‘shma Shtatlar egallab keladi.

Mazkur ro‘yxatga Xitoyda ishlab chiqilgan 42 kompyuter kiritilgan.

Xitoyda superkompyuterlardan sanoat tadqiqotlari, misol uchun, neft ishlab chiqarish va dizayn sohalarida foydalanadilar.

O'zbeklar ham superkelinchaklar qatorida superkompyuterlar ham chiqarisharmikan?
XS
SM
MD
LG