Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:14

Biopasport harajati o‘zbekistonliklarning o‘zidan undiriladi


Bimetrik pasportning atayin belgisi bo'ladi.
Bimetrik pasportning atayin belgisi bo'ladi.
O‘zbekistonning 2011 yilga mo‘ljallangan davlat byujetida soliqlarni tushirish va aholi daromadini oshirish choralari belgilangan.

Bu haqda O‘zbekiston Senati rasmiylariga tayanib, Anons.uz sayti bergan xabarga ko‘ra, 2011 yil davomida ta‘lim muassasalari ta‘miri byujetdan tashqari manbalar hisobidan ta‘minlashga katta e‘tibor qaratiladi va bu sohaga byujetdan ajratiladigan mablag‘ 7,6 foizni tashkil qiladi.

Sog‘liqni saqlash sohasiga esa 13,1 foiz mablag‘ ajratiladi.
Biometrik pasporti haqida to'liq ma'lumotni bu erda oling.

Xabarga ko‘ra, 2011 yilda fuqarolarga yangi biometrik pasport berilishi va bu jarayon katta mablag‘ talab etishi munosabati bilan fuqarolardan undiriladigan pasport uchun to‘lov stavkasi ham oshiriladi.

Xabarda aynan qanchaga oshirilishi aytilmagan, biroq, to‘lovlardan keladigan mablag‘ hisobiga yangi pasportni tayyorlash va tarqatishga ketadigan jarayonni to‘liq qoplash rejalangani qayd etilgan.

O‘zbekistonda rasman davlat byujeti miqdori aytilmaydi.

Ammo, norasmiy manbalarga ko‘ra, 2009 yilda davlat byujeti yillik kirimi 10 milliard 540 million, chiqimi esa 10 milliard 480 million AQSh dollarini tashkil qilgan.
XS
SM
MD
LG