Линклар

Шошилинч хабар
18 июн 2025, Тошкент вақти: 11:01

Qozog‘iston Qirg‘izistonni gaz o‘g‘irlaganlikda ayblamoqda


Qozog‘iston janubida gaz bosimining kamayib ketishiga O‘zbekistonning gaz yetkazib berishni kamaytirgani va Qirg‘izistonning quvurdan gaz o‘g‘irlagani bilan bog‘liq, deyiladi SA-news agentligi xabarida.

Xabarda aytilishicha, bu haqda seshanba kuni “KazMunayGaz” davlat shirkati boshlig‘i Qairgeldi Kabildin ma‘lum qilgan.

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida gaz bosimi 5 va 6 yanvar kunlari pasaygani qayd etilgan. Qozog‘iston Bosh vaziri Karim Masimov “KazMunayGaz” rahbariyatiga muammoni hal etish topshirig‘ini bergan.
XS
SM
MD
LG