Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:40

O'zbekiston Quvaytni 2:1 xisobi bilan yengdi


O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov Quvaytga qarshi o'yinda ham mohirlik ko'rsatib, hal qiluvchi golga mualliflik qildi.
O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov Quvaytga qarshi o'yinda ham mohirlik ko'rsatib, hal qiluvchi golga mualliflik qildi.
O'zbekiston terma jamoasi Quvayt terma jamoasi ustidan 2:1 hisobi bilan g'alaba qozondi! O'yin 12-yanvar kuni Osiyo Kubogi o'yinlari doirasida Qatarda Al G'arafa stadionida bo'lib o'tdi. Ushbu g'alaba bilan Vadim Abramov shogirdlari guruh o'yinlaridan play-off ga chiqish imkoniyatini yanada yaqinlashtirishdi.

Bundan oldingi o'yinda Xitoy terma jamoasiga mag'lub bo'lgan Quvayt bugungi o'yinning boshidanoq hujumga o'tdi. Lekin 41 daqiqada raqib himoyachilari Aleksandr Geynrixni Quvayt jarima maydoni yaqinida qo'pol ravishda to'xtatgani uchun berilgan jarima to'pini Maksim Shatskih mohirona ijro etdi - zarbadan so'ng jonli devorda turgan Azizbek Xaydarovning beliga tegkan to'p, o'z yo'nalishini o'zgartirib raqib darvozasining to'ridan o'rin oldi.

O'yinning ikkinchi yarmining boshida esa o'zbekistonliklar Quvayt terma jamoasiga haqiqiy qo'pollik qanday bo'lishini ko'rsatib qo'yishdi. O'yinning 48-daqiqasida o'zbekistonlik himoyachi Anzur Ismailov raqib hujumchisini O'zbekiston jarima maydonida yiqitganligi tufayli Ignatiy Nesterovning darvozasiga penalti belgilandi. Quvaytlik goleador Bader Al Mutava penaltini ijro etib hisobni 1:1 ga yetkazdi.

Shundan so'ng O'zbekiston terma jamoasining murabbiysi Abramov oqilona qaror qabul qilib, veteran Shatskixning o'rniga Qatarda o'z uyiday xis qilgan Jasur Xasanovni maydonga tushirdi. Va to'gri qildi! 64-chi daqiqada Xasanov tarafidan berilgan pasni jamoa sardori Server Jeparov chap oyog'i bilan raqib darvozasiga joyladi. Hisob 2:1!

Jeparovning golidan so'ng Quvayt terma jamoasida xisobni tenglashtirish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Biroq ularning hech qaysisi gol bilan yakunlanmadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldingi o'yinda O'zbekiston terma jamoasi Qatar terma jamoasi ustidan 2:0 hisobi bilan go'lib bo'lib, uch ochkoni qo'lga kiritgan edi. Quvayt esa Xitoyga 2:0 hisobi bilan o'yinni boy bergan edi. O'zbekistonning keyingi guruh ichidagi o'yini 16-yanvarda Xitoy terma jamoasiga qarshi bo'ladi.

Shunday qilib, 6 ochkoga ega bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi A guruhidan chorak finalga chiqish imkoniyatini yanada yaqinlashtirishdi.

Agar Qatar Quvaytni 4 gol farqi bilan va Xitoy O'zbekistonni kamida 4 gol farqi bilan yutsa, unda bizning jamoamiz 3 nchi o'rinni olishi ehtimoldan xoli emas.

Ming marta o'qigandan ko'ra, bir marta ko'rgan yaxshi - O'zbekiston Vs. Quvayt o'yinidan video:



PS. Maqolaga Farrux ismli mushtariyimiz tarafidan qo'shimcha kiritildi. Farruxga "Yosh to'lqin" taxririyati minnatdorchilik bildirib qoladi.
XS
SM
MD
LG