Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:38

YeI Karimov uchun tanqid ostida qoldi


Bugun O'zbekiston prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozoga bilan uchrashdi.
Bugun O'zbekiston prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozoga bilan uchrashdi.
O‘zbekiston rahbarining Bryusselga tashrifi arafasida qator xalqaro tashkilotlar Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozoga tanqidiy fikrlar bitilgan maxsus maktublari bilan murojaat qildi.

Hyuman Rayts Uotch tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Vyeronika Goldston o‘z maktubida Karimovning tashrifidan taassuf bildirgan.

Xalqaro Amnistiya tashkiloti rahbari Nikolas Beger Yevrokomissiya rahbari Barrozoga yo‘llagan ochiq maktubida Karimov bilan bo‘lajak muzokaralarda 2005 yilgi Andijon qatliomi yuzasidan xalqaro tergov o‘tkazish masalasini ko‘ndalang qo‘yishni so‘ragan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti 20 yanvar kuni e‘lon qilgan bayonotda esa Andijon voqelaridan keyin Islom Karimovning Bryusselda ilk bor qabul qilinishi yuzasidan tashvish bildirilgan.
XS
SM
MD
LG