Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:34

O‘zbekiston prezidenti 73 yoshga to‘ldi


Prezident Karimovning sog‘ligi og‘irligi haqida har yili tug‘ilgan kuni arafasida tarqaladigan ovozalar tasdig‘ini topmay keladi.
Prezident Karimovning sog‘ligi og‘irligi haqida har yili tug‘ilgan kuni arafasida tarqaladigan ovozalar tasdig‘ini topmay keladi.
30 yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 73 yoshga to‘ldi.

Ilk bor 1989 yilda O‘zbekiston Kommunistik partiyasi bosh kotibi sifatida mamlakat boshqaruviga kelgan Islom Karimov so‘nggi 22 yil davomida taxtdan tushgani yo‘q.

Uning prezidentligi davrida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tuzum ahvoli, rasmiy matbuot ta‘kidicha rivojlangan, xalqaro va mustaqil matbuot hamda tashkilotlar kuzatuvicha esa og‘irlashgan. Ayni paytda inson huquqlari va so‘z erkinligi ahvoli ham og‘irligicha qolayotgani e‘tirof etiladi.

Ammo, xalqaro hamjamiyatning bunday tanqidlariga parvo qilmay kelayotgan Islom Karimovning bu lavozimda yana qancha qolishi hozircha noma‘lum.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovining navbatdagisi 2014 yilda bo‘lib o‘tishi lozim.
XS
SM
MD
LG