Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:08

O'zbekistonliklar YouTubeda: "Uyda yolg'iz" filmi suratga olingan mahallaga sayohat


So'nggi xabarlarga ko'ra, O'zbekistonda internet tarmog'i foydalanuvchilarining soni 7,4 millionga yetdi - qo'pol qilib aytkanda aholining to'rtdan bir qismi telefon yoki kompyuter orqali internet tamog'iga ulanadi. O'zbekistondan tashqarida yurgan o'zbeklarning esa deyarli barchasida internetga chiqish imkoniyati bor.

Xo'sh, o'zbekistonlik "online" geeklar (ingl. "geek" - kompyuter va internet bo'yicha mutahassis) internetga qanday hissa qo'shishadi?

Shu savolga javob izlaganlar uchun biz, ya'ni "Yosh to'lqin" taxririyati yangi rukn ochmoqdamiz. Ruknimiz nomi "O'zbekistonliklar YouTube saytida" bo'lib, unda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Bugungi videomiz muallifi o'zbekistonlik Adxam Sodiqov. Ayni damda AQShning Chikago shahrida taksist bo'lib ishlayotgan Adxamjon, yaqinda YouTube saytiga qiziqarli video qo'ydi.

Videoda Adxamjon hammamizga tanish "Uyda yolg'iz" komediyasi suratga tushirilgan "mahallaga" borgani va o'sha filmdagi bosh qahramon bolakay Kevin MakKalisterning uyini ko'rgani tasvirlarngan.



****
YouTubeda o'zbekistonliklarning qiziqarli videolariga duch keldingizmi? Videoning linkini bizning yoshtolqin@gmail.com elektron manzilimizga jo'nating. Biz ularni albatta "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizga joylashtiramiz.
XS
SM
MD
LG