Линклар

Шошилинч хабар
11 октябр 2024, Тошкент вақти: 07:35

Seshanba moliya bozorlari uchun nisbatan yaxshiroq bo‘ldi


Nyu York birjasidagi asosiy ko‘rsatkichlar dushanba kuni yo‘qotgan qimmatining katta qismini qaytarib oldi.
Nyu York birjasidagi asosiy ko‘rsatkichlar dushanba kuni yo‘qotgan qimmatining katta qismini qaytarib oldi.
AQSh va Yevropadagi moliya bozorlarida dushanba kungi qiyinchiliklardan keyin seshanba kuni asosiy ko‘rsatkichlar uchun ijobiy yakunlandi. Nyu York birjasidagi asosiy indekslar 3 foizdan ko‘proqqa ko‘tarildi. AQSh Markaziy banki ustama foiz darajasinini 2013 yilgacha chorak foiz miqdorida saqlab qolishini e‘lon qilgani sarmoyadorlar ishonchini biroz oshirdi.

AQSh va Yevropada davlat qarzlari bilan bog‘liq vaziyatga doir xavotirlarga qaramasdan, seshanba kuni ikkala qit‘a moliya bozorlarida ko‘rsatkichlarning o‘sishi kuzatildi.

Bir kun avval aksiyalar keskin tushib ketganidan keyin, AQShning asosiy ko‘rsatkichi hisoblanmish Dow Jones uchun seshanba kungi savdolar ijobiy yakunlandi. Standard & Poor's 500 va NASDAQ qog‘ozlari narxlari ham ko‘tarildi.

Dow Jones dushanba kuni yo‘qotgan qimmatining katta qismini tiklab oldi va savdo kunini 400 punkt yutuq bilan yakunladi.

AQSh Markaziy banki kreditlar uchun belgilangan ustama foiz darajasini 2013 yilgacha 0,25 foiz darajasida ushlab qolish niyatini ma‘lum qilgani seshanba kungi savdoga bir muncha ta‘sir qildi. Kreditlar uchun belgilangan bu haq jahon moliyaviy bo‘hroni avj olgan paytda - 2008 yilning dekabrida joriy qilingan edi.

Bu qaror avvaldan kutilganiga qaramasdan, aksiyalar narxining o‘sishi, AQSh Federal g‘aznasi bu haqda e‘lon qilgachgina yuqorilay boshladi.

O‘tgan juma kuni Standard & Poor's moliyaviy shirkati Qo‘shma Shtatlarning kredit reytingini AAA darajasidan bir pog‘ona pastroqqa AA+ ko‘rsatkichiga tushirgani jahon bo‘ylab moliyaviy bozorlarda sarosimaga sabab bo‘ldi.

Seshanba kuni Nyu York birjasidagi savdolar yopilishidan avval Dow Jones biriktirgan aksiyalarning o‘rtacha qiymati 429,62 punkt yoki qariyb 4 foizga oshdi.

London va Parijdagi savdolar ham aksiyalarning ko‘tarilishi bilan yakunlandi, biroq Farknfurt birjasining asosiy indeksi biroz pastladi.

Biroq Osiyo moliya bozorlarida ijobiy holat kuzatildi, deb bo‘lmaydi. Tokio birjasidagi ko‘rsatkichlar o‘rtacha hisobda 1,68 foiz pastladi. Shanxay birjasidagi indekslar ham kunni musbat natija bilan yakunladi. Hong Kongda aksiyalar 5,7 foizga, Janubiy Koreyada 3,9 foizga arzonladi.

AQSh kredit reytingining pasaytirilishi yevrohududdagi davlat qarzi bilan bog‘liq bo‘hron Italiya va Ispaniyaga ham o‘tishi mumkin, degan xavotirlar kuchaygan paytga to‘g‘ri keldi.

Yevropa Markaziy banki raisi Jan-Klod Tishet seshanba kuni Frankfurtda kuzatilgan vaziyat haqida bularni aytadi.

- Biz kuzatayotgan hodisaning sabablari faqatgina bitta faktorga bog‘liq, deb hisoblamayman. Bu vaziyatga juda ko‘p faktorlar hissa qo‘shmoqda, 2007 yil avgustidan beri davom etayotgan o‘ta jiddiy bo‘hronga qarshi ko‘rilayotgan choralar shular jumlasidandir. Xullas, bu, ayniqsa, Lehmann Brothers shirkatining kasodga uchragani Ikkinchi Jahon urushidan beri eng katta bo‘hrondir, - dedi Yevropa Markaziy banki raisi.

Bozordagi sarosimaga hissa qo‘shayotgan asosiy omillardan biri Yevropa va Qo‘shma Shtatlarda hukumatlar davlat qarzi bilan bog‘liq muammolarni hal qila oldimi, degan xavotirlarning kuchayayotganidadir.

Dushanba kuni moliya bozorlaridagi mushkul vaziyat Rossiya bozoriga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Rossiya rubli seshanba kuni dollarga nisbatan 3 foizga arzonlab, keyingi olti oy ichidagi eng past darajaga tushdi.

AQSh kredit reytingi pasayganidan keyin neft narxining tushib ketgani Rossiyada sarmoyadorlarning qimmatbaho qog‘ozlarni shoshilinch tarzda sotishlariga turtki bo‘ldi.

Iqtisodiy o‘sish shubha ostida qolayotgani bois, neft arzonlashishda davom etdi va bir barrel xom neft 80 AQSh dollari ko‘rsatkichidan pastroqqa tushdi.

Bu, o‘z navbatida, iqtisodi asosan neft eksportiga tayangan Rossiya bozoridagi qo‘rquvni yanada kuchaytirdi.

Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin hukumat va markaziy bank vaziyatni kuzatayotgani va tegishli choralarni ko‘rishga shay turganini bayon qildi.
XS
SM
MD
LG