Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 23:55

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish ozgina ko‘paydi, gaz kamaydi


2011 yil birinchi yarmida O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga ko‘paydi.

Uzdaily.uz internet nashri xabariga ko‘ra, 2010 yil Respublikada 689,4 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida mamlakatda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish 2,3 foizga kamayib, 130,5 ming tonnani tashkil qilgan.

Ayni paytda, 2011 yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda 32,3 milliard kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan.

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga kam.
XS
SM
MD
LG