Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:52

O‘tgan haftada o‘zbekni suyuntirgani va kuyuntirgani


O‘zbekistonliklarni o‘tayotgan haftada nima suyuntirdi va nima kuyuntirdi? Ozodlik mana shu ikki savol bilan tinlovchilariga murojaat qildi.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani Usmon Yusupov mahallasida yashovchi Obidjon Nasriddinov o‘tayotgan haftada suyungani - uyida ro‘zadorlarga iftorlik qilib bergani ekanini aytadi:

- Shu haftada uyda iftorlik qilib berdim. Chamamda 30tacha odam bor edi. Ollohga shukr, -deydi Obid aka Nasriddinov.

Hafta davomida Obid akani kuyuntirgan xabar mana bu bo‘ldi:

- Chorvachilik bo‘limi, fermer xo‘jaligi bor. O‘sha yerda katta bino bor edi. Shuni buzdi. Buzib, tepasidagi materialni sotib, alam qilgani xom g‘ishtini xalqqa tarqatmay tep-tekis qildi. Shu alam qildi xolos, achinarli xol bo‘ldi. Xalqqa tarqatsa bo‘lmas edimi shu g‘ishtni? O‘n ming-o‘ng ming g‘isht tarqatilsa, yigirma xo‘jalik uy bitar edi. Yo‘q, buldozerni olib kelib, tekislab qo‘ydi. G‘isht nobud bo‘ldi, odamlar xom g‘ishtga yeta olmayapti hozir. Usta bo‘lganim uchun shu alam qildi, - deydi kasbi usta bo‘lgan Obid Nasriddinov.

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi nafaqaxo‘r Ahmadali Tashanov esa: "Bu haftaning ichida quvontirgan narsa bo‘lmadi shekilli", deydi xo‘rsinib.

Bekobodlik tinglovchi shu hafta ichida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi qishloq joyidagi uylarning rasmiylashtirilgan hujjatlarini so‘rayotgani o‘zini kuyuntirganini aytadi.

- Bizni o‘n yil oldin olib qo‘yilgan quriladigan uchastkalar bor, ularga hujjat qilinmagan. Qishlqo joyida 90-95 foiz odam hujjat qilmagan. Qurib yashayvyeradi, - deydi hafta davomida kuyuntirgan dardini aytar ekan Ahmadali aka.

Bu hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan Ahmadali Tashanov Bekobod tuman hokimligiga murojaat qilib javob ololmagan. Shundan so‘ng u shu haftaning o‘zida viloyat hokimligiga xat yozgan.

- Viloyatdan ikki –uch kunning ichida prokuraturaga javob kelibdi. Ular men xatni yozganim bo‘lishiga qaramasdan, ularni (mahalla rasini nazarda tutmoqda- tahr) chaqirib, tekislab yopish bilan ovora bo‘lmoqda. Bugun viloyat hokimimi, qishloq xo‘jalik vazirimi kelib, yig‘ilish o‘tkazar ekan deb eshitib, soat 9da kelib kutib poylab turdik, kelmadi. Kelsa to‘g‘ri o‘sha odamga murojaat qilmoqchi edik, - deydi bekobodlik tinglovchi.

Ozodlikning doimiy tinglovchisi, yakkabog‘lik Buxor Yusupov o‘tayotgan haftada nafaqa pulini olganligidan suyunganini aytadi:

- Quvontiradigan narsa, olayotgan nafaqamizga 15 % qo‘shildi. Shunga xursand bo‘lib turibmiz. Oldin 295 ming so‘m olar edim, hozir 340 ming so‘m bo‘lgan.

“Nimadan kuyundingiz?” savoliga Buxor Yusupov shunday javob qildi:

- Xudoga ming qatla shukr, uncha xafa bo‘ladigan joyim yo‘q. Bu haftada xafa bo‘lgan joyim deyarli yo‘q. Nasib bo‘lsa bo‘lmaydi ham,- dedi yakkabog‘lik Ozodlik tinglovchisi.
XS
SM
MD
LG