Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:04

Liviya o‘tish davri kengashi besh milliard dollar so‘ramoqda


Liviya o‘tish davri milliy kengashi Qaddafiy rejimi qulatilishi ortidan fuqarolar oylik maoshi va nafaqalarini to‘lash, mamlakatda tibbiy xizmat va xavfsizlikni tiklash ishlari uchun xalqaro hamjamiyat zudlikda 5 milliard dollar ajratishi kerakligini aytmoqda.

Fevralda Liviyada mojaro boshlanganidan keyin Qaddafiy rejimiga qarashli mablag‘lar muzlatib qo‘yilgan edi.

Kecha Qatar poytaxti Dohada Liviya bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Liviya o‘tish davri milliy kengashining Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi Orif Ali Nayed BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarni Liviyaga qarashli muzlatib qo‘yilgan mablag‘larni shu oy oxiriga qadar ochishga ko‘maklashishga chaqirdi.

Liviyaga qarashli muzlatib qo‘yilgan mablag‘larni ochish va ularni isyonchilarga berishga Janubiy Afrika mamlakati qarshi chiqmoqda.
XS
SM
MD
LG