Линклар

Шошилинч хабар
03 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:37

Buzrukov ishini prokuratura nazorat qiladi


O‘sh maxsus prokuraturasi 1 sentabr tunida O‘sh tergov hibsxonasida o‘lgan mahbus Mamataziz Buzrukov o‘limi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Maxsus prokuratura Buzrukov o‘limi yuzasidan o‘tkazilayotgan ekspertizani o‘z nazoratiga oldi.

- Jazoni o‘tash departamenti tergovchilari, ekspertlar tekshiruv olib borishayapti. Tekshiruv xulosasi chiqqach, barchasi ma‘lum bo‘ladi. Buzrukovning nima sababdan vafot etgani o‘shandan keyin aytamiz, - deya qisqa javob berar ekan Maxsus prokuratura rasmiysi Almaz Mamayev tekshiruv natijalari bir oydan keyin ma‘lum bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

Hozirda Buzrukov o‘limining sabablari turli talash-tortishlarni yaratmoqda.

O‘shlik huquq himoyachisi Ravshan Gapirovga ko‘ra, shu yilning 22 iyun kuni Mamataziz Buzrukov Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi – “odam o‘ldirishga ko‘maklashganlik”da gumonlanib, uning o‘g‘li Muhammadjon Buzrukov esa 125-modda “noqonuniy hibsda saqlaganlik”da gumonlanib, qo‘lga olingan va tergov chog‘ida kaltaklangan.

- “Izi qolmasin” deb, pochkalariga urishibdi. Pochkaga urgandan keyin qari odam, GOVDni IVSidayoq pochkasi otkaz qilib, ishlamay qolgan. Qisqasi, bular 17 kun IVSda saqlanadi. 17 kun davomida urib-qiynab, jinoyatni tan olishga majbur qilishib, keyin SIZOga o‘tkazishgan, - deydi huquq faoli.

Biroq huquq-tartibot organlari Mamataziz Buzrukovning qiynoqqa solinganini inkor qilishadi. O‘shdagi jazoni o‘tash departamenti shifokori Dargul Israilova Buzrukovning tanasida qiynoq izlari bo‘lmagani, u yurak xastaligidan vafot etganini aytadi:

- U kelganda ham tanasida hech qanday jarohat izlari bo‘lmagan. Bu yerda tekshirganimizda ham tanasida jismoniy jarohat bo‘lmagan, hech kim urmagan. U tungi soat 11 lar chamasi yurak infarktidan vafot etgan. Reanimatsion brigada ham kelib ko‘rgan. Tekshiruvda ham yurak xastaligidan o‘lgani belgilari bo‘lgan. Hozir ekspertiza ham qilindi. Taxminiy natijalar bo‘yicha infarkt bo‘lgan, - dedi Dargul Israilova.

Buzrukovning yaqinlari uning avval yurak kasalidan shikoyat qilmaganini aytishadi. Biroq ular bu borada jurnalistlar bilan hozircha gaplashishni istashmayapti va buni marhum Buzrukovning iyun voqealarida ayblanib qo‘lga olingan o‘g‘li xavfsizligi bilan bog‘lashmoqda.

Ma‘lum bo‘lishicha marhum Mamataziz Buzrukovning o‘g‘li Muhammadjon hozir hibsxonada saqlanmoqda.

Bundan avval Buzrukov o‘limi yuzasidan Qirg‘iziston Ombudsmeni hamda bir qancha huquqni himoya qilish tashkilotlari o‘z tekshiruvlarini olib borgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 63 yoshli Mamataziz Buzrukovning huquqlari hibsxona rahbariyati tomonidan poymol qilingan, marhum o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etgan.

- Hibsxonaga kirib, materiallar bilan tanishib, tekshirib chiqdik. “Urgan”, “qiynagan” deb ayta olmayman. Biroq e‘tiborsizlik bo‘lgan. O‘sha e‘tiborsizligi uchun O‘shning 25-hibsxonasi sanitariya bo‘limi shifokorlari javob berishi kerak. Sababi bu odam 9 iyulda kelganidayoq shifokorlar unga prostatit va xronik adenoma diagnozini qo‘yishgan. Hibsxonada shu kasallari davolanmagan, - deydi Buzrukov o‘limi yuzasidan tekshiruv olib borgan “Qilim shami” huquqni himoya qilish markazi rahbari Aziza Abdurasulova.
XS
SM
MD
LG