Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:30

“Mening OLAMim”- o‘zbekcha ijtimoiy tarmoq ochildi


O‘zbekistondagi Olam.uz portali “Mening OLAMim” ijtimoiy tarmog‘ining o‘zbek tilidagi vyersiyasini ishga tushirdi.

Joriy yilning 1 martida o‘z faoliyatini boshlagan Olam.uz portali ayni paytda 12 ta bo‘lim orqali o‘z o‘quvchilariga axborot taqdim etadi.

Shulardan biri bo‘lgan rus tilidagi “Moy olam” ijtimoiy tarmog‘i, endilikda o‘zbek tilida ham faoliyat ko‘rsata boshladi.

Hozirda ushbu tarmoqning 16 mingdan ziyod foydalanuvchi bor.

OLAM.uz loyihasining rahbari Aleksandr Kamishevga ko‘ra, sayt bo‘limlari o‘zbek tiliga o‘girilib, sayt asosida milliy ko‘rinishdagi internet portalini tashkil etish rejalashtirilgan.
XS
SM
MD
LG