Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:52

Germaniya mulozimi o‘zbek huquq himoyachilari bilan uchrashdi


Uchrashuvda Saodat Omonova bilan Malohat Eshonqulova ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Saodat Omonova bilan Malohat Eshonqulova ham ishtirok etdi.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha elchisi Patriyatsiya Flor O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyati bilan qiziqdi.

Patriyatsiya Flor o‘zbekistonlik huquq himoyachilari va jurnalistlar bilan 10 oktyabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasida
uchrashdi.

Uchrashuvda "Ezgulik" jamiyati rahbari Vasila Inoyatova, Toshkentdagi Ekspert ishchi guruhi rahbari Suhrob Ismoilov hamda mustaqil jurnalistlar Saodat Omonova bilan Malohat Eshonqulovalar ishtirok etdi.

S. Omonova Ozodlik bilan suhbatda, Germaniya diplomati bilan suhbatda muhokama qilingan mavzular xususida bularning gapirib berdi.

- Uchrashuvda O‘zbekistonda inson huquqlari qanday ta‘minlanayotganligi, Ommaviy axborot vositalarida so‘z erkinligining ta‘minlanishi masalalari ko‘tarildi. Bevosita inson huquqlari masalalari bo‘yicha Ezgulik tashkiloti raisi Vasila Inoyatova gapirib berdi. Umuman bugun O‘zbekistonda inson huquqlari masalalari haqida, inson huquqlarining qanchalik ta‘minlanayotganligi, aslida vaziyat qandayligi haqida fikr yuritdilar. Bundan tashqari bolalar mehnati xususida, aynan paxta terimiga bolalarni jalb qilish masalasi ham ko‘tarildi. Shu bilan birgalikda Patriyatsiya Florni O‘zbekistonda so‘z erkinligining ta‘minlanishi ham qiziqtirdi. Bu haqida biz ham o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirdik. O‘tgan yil boshlagan harakatlarimiz haqida gapirib berdik.

Ozodlik: Flor xonim O‘zbekistondagi inson huquqlari borasidagi vaziyatdan xabari bormikan yoki u faqat sizlar bergan ma‘lumotlardan keyin xabar topdimi?

- Xabardor emas deyish noto‘g‘ri. Albatta xabardor. Chunki bevosita inson huquqlarining ta‘minlanishi borasida qanchadan qancha xabarlar chiqayapti, bolalarning paxta terimiga jalb qilinishi bo‘yicha qanchadan qancha xabarlar chiqayapti, ular albatta bulardan xabardor menimcha. Shuning uchun shu savollar qiziqtirdida.

Ozodlik: Ular tomonidan biror-bir amaliy yordam va‘da qilindimi?

- Bilasizmi albatta bu qaysidir ma‘noda O‘zbekistonning ichki masalasi, lekin shu bilan birgalikda bu masala dunyo miqyosida ham dolzarb. Shuning uchun Patriyatsiya Flor xonimning ta‘kidlashicha, Yevropa Ittifoqi aynan shu sohada qator loyihalarni, yangi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan ekan. Shu maqsadda O‘zbekistonga YeIning katta delegatsiyasi tashrif etishi ko‘zda tutilayotgan ekan. Bevosita o‘sha uchrashuvlar davomida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi loyihalarni amalga oshirish, aynan qaysi yo‘nalishlarni tanlab olish xususida so‘z borishi haqida ma‘lumot berdilar. Shu o‘rinda huquq himoyachilari aynan mustaqil huquq himoyachilarini, nodavlat huquq himoyachilarini o‘sha turli tadbirlarga taklif etmaslik hollari juda ko‘pligini ta‘kidlashdi. Masalan o‘sha turli konferentsiyalar deymizmi YeXHT tomonidan yoki boshqa davlat idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan anjumanlarga ularni jalb etish sust ekanligi, umuman taklif etilmasligi haqidagi masalani ko‘tarishdi. Endi ular mana shu yangi loyihalarda hamkorlik qilamiz degan ma‘noda fikr-mulohazalar bildirildi.
XS
SM
MD
LG