Линклар

Шошилинч хабар
11 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:40

Rishtonlik sudya pora bilan ushlandi


Farg‘ona viloyatidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudyasi Sulaymon Akbarov mashina oldi-sotdisi bo‘yicha sudga oshirilgan ishni hal qilish evaziga pora olayotgan payti hibsga olindi.

Bu haqda Farg‘ona viloyat prokuraturasi ma‘lumotiga tayanib xabar yoyinlagan Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, andijonlik fuqaro farg‘onalikka “Neksiya” avtomobilini sotgan.

Mashina kreditga garov sifatida qo‘yilgani sababli tomonlar o‘rtasida oldi-sotti borasida kelishmovchilik kelib chiqadi.

Andijonlik fuqaro Rishton tumanlararo sudiga murojaat qilgach, ishni sudya Sulaymon Akbarov ko‘rib chiqadi.

Prokuratura ma‘lumotiga ko‘ra, sudya Akbarov ishni da‘vogar foydasiga hal qilib berish uchun dastlab 200 AQSh dollari oladi, keyinchalik yana 800 dollar berishni so‘raydi.

Shundan keyin da‘vogar sudya ustidan huquq tartibot idoralariga murojaat qiladi.

Pora olayotgan payti ushlangan Sulaymon Akbarov sud hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 210-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
XS
SM
MD
LG