Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:15

Turk deputatlari O‘zbekiston parlamenti bilan do‘stlik guruhi tuzmadilar


Bunga esa¸ O‘zbekiston parlamentida turk millat vakillari bilan muloqot istagan biror deputat topilmagani sabab bo‘lgan.

Yangi tarkibda ish boshlagan Turkiya Buyuk Millat Majlisi – parlamenti besh davlatni parlamentlararo do‘stlik guruhlari tuzilgan mamlakatlar ro‘yxatidan tushirdi¸ deb xabar qildi 1 noyabr kuni “Zaman” nashri.

An‘anaga ko‘ra¸ parlamentlararo do‘stlik guruhlari mavjud bo‘lib kelgan bu besh davlat orasida O‘zbekiston ham bor.

Turkiya millat vakillari dunyodagi 110 davlat parlamenti deputatlari bilan bunday guruhlar tashkil qilishni davom ettirishga qaror bergan bir paytda¸ Isroil¸ Suriya¸ Liviya¸ Gretsiya va O‘zbekiston bu ro‘yxatdan tushirildi.

Bu esa¸ kuzatuvchilarga ko‘ra¸ Turkiya-O‘zbekiston munosabatlaridagi sovuqlashuvning yanada kuchaygani ifodasidir.

Turkiya O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning asosiy muxolifi Muhammad Solihga boshpana berganidan beri sovuqlashib borayotgan Toshkent-Anqara munosabatlari¸ keyingi ikki-uch yil davomida yanada keskinlashdi.

Joriy yilda bu sovuqlashuvning yangi ifodasi o‘laroq¸ Toshkentdagi Mustafo Kamol Otaturk ko‘chasining nomi o‘zgartirilib¸ u Zarafshonga aylantirildi

Keyingi yarim yil davomida O‘zbekistonda Turkiyaning 50 tashkiloti yopildi. Otaturk ko‘chasining o‘zgartirilishi ko‘cha nomlarini tartibga solish bilan izohlansa, Turkiya kapitali hisobiga ishlayotgan tashkilotlarning yopilishida ularning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Keyingi bir yil davomida o‘nlab turk tadbirkorlari O‘zbekistonda diniy-ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishlikda ayblanib¸ hibsga olindi.

O‘zbekiston hukumati va parlamenti namoyandalari Turkiya tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuv va anjumanlarni boykot qilishni to‘xtatmayotirlar.

Yangi ish boshlagan Turkiya Buyuk Millat majlisi vakillarining turkiy tilli¸ qardosh O‘zbekistonni Isroil¸Suriya¸ Gretsiya kabi Anqaraning diplomatik munosabatlari o‘ta tarang davlatlar safiga qo‘shib¸ o‘zbek deputatlari bilan do‘stlik guruhi tuzmaslikka qaror qilganiga oid yangilik ortidan Ozodlik muxbiri Turkiya Buyuk Millat majlisining sobiq deputati va Turkiya sobiq davlat vaziri Ahad Andijonga bog‘lanib¸ turk millat vakillarining bu qarorini sharhlashni so‘radi.

Suhbat davomida janob Andijon¸ turk parlamenti deputatlarining bunday qarorida favqulodda bir jihat yo‘qligi va uning Turkiya hukumatining O‘zbekiston bilan aloqalarida jiddiy burilish yasamasligini anglatishga urindi.

Ahad Andijon bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG