Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:10

FIFAga 2011 yilning eng chiroyli golini aniqlashda yordam bering


FIFA o'tib ketayotgan 2011 yilda urilgan eng chiroyli golni muxlislar yordamida aniqlashda davom etmoqda.

Tanlov boshida e'lon qilingan 10 goldan finalga uchtasi chiqdi. Ular Lionel Messi, Neymar va Ueyn Runi tarafidan kiritilgan gollardir.

Lionel Messi goli:

Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi 8 mart kuni o'z uyida Angliyaning "Arsenal" jamoasini qabul qildi. Chempionlar ligasi o'yinlari doirasida o'tgan ushbu uchrashuvda "Barsa"ning argentinalik 24 yoshli hujumchisi Lionel Messi chiroyli gol muallifiga aylandi.




Neymar goli:

Futbol yulduzlari fabrikasi bo'lmish Braziliyada o'sib borayotgan yosh iqtidorlardan biri Neymar 27 iyun kuni o'tgan "Santos"-"Flamengo Brasileiro" uchrashuvida yuksak mahorat ko'rsatdi. Afsuski, 19 yoshli Neymar urgan afsonaviy gol u o'ynaydigan "Santos" klubiga g'alaba olib kelmadi. Uchrashuv 5:4 hisobi bilan "Flamengo" foydasiga yakunlandi.




Ueyn Runi goli:

12 fevral kuni Old Trafford stadionida o'tgan "Manchester United"-"Manchester City" uchrashuvi nafaqat angliyalik, balki butun dunyo futbol ishqibozlari uchun esda qoladigan bo'ldi. Buning sababi 77-daqiqada Ueyn Runi tarafidan urilgan gol bo'ldi. 26 yoshli "Qizil iblislar" hujumchisi Runi urgan ushbu gol uchrashuv natijasini hal qildi. O'yin 2:1 hisobi bilan "Manchester United" foydasiga yakunlandi.



Sizga yoqib tushgan golga bu link orqali ovoz berishingiz mumkin. Ovoz berish uchun gol ostidagi "vote" tugmachasiga bosing.

Eng chiroyli gol uchun ovoz berish 2012 yilning 9 yanvariga qadar davom etadi. Tanlov natijasi 9 yanvar kuni Syurixda bo'lajak FIFAning gala-konsertida e'lon qilinadi. Eng chiroyli gol egasiga afsonaviy futbolchi Frens Pushkash nomidagi mukofot topshiriladi.
XS
SM
MD
LG