Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:28

Dindor mahbuslar "raskrutka" qilinmoqda


O‘zbekiston qamoqxonalarida diniy ayblov bilan qamalganlarning jazo muddatini uzaytirish amaliyoti davom etayapti.

O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan Hizbut-Tahrir ekstremistik guruhiga aloqadorlikda ayblanib besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan yangiyo‘llik 30 yashar Olim Boymatov Kattaqo‘rg‘ondagi qamoqxona ichki tartibini buzganlikda ayblanib¸ jazo muddati uzaytirildi.

2006 yilda Jinoyat kodeksining 244/2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bo‘yicha qamalgan Olim Boymatovning jazo muddati joriy yilning 18 noyabr kuni tugab, u ozodlikka chiqarilishi lozim edi.

Biroq ushbu muddat tugashidan bir necha kun avval uning jazo muddati uzaytirilib, mahkum qo‘shimcha 3 yilu bir oylik jazoga tortildi.

Bu haqda tutqinning onasi Hadicha Chalah Ozodlikka ma‘lum qildi.

- Noyabrda muddati tamom bo‘ldida. Borsam upravleniyega yana qo‘shib qo‘ygan ekan 3 yil. Narusheniye govorit. Ular endi upravleniyedan shunaqa qilishgan, dedi Xadicha Chalah.

Xadicha Chalah qamoqdagi birinchi kunidan boshlab o‘g‘li muntazam tarzda qiynoqqa solinib kelinayotganini aytadi.

- Qarshida bo‘lganda. Narusheniye qilib o‘zini urib jag‘larini sindirishdi. O‘g‘lim aytdi¸ ni za chto prosto yotar paytida kirganlar kichkina xonaga. 7-8ta odam bolani tepib urganlar. Ko‘kartirib, orqasidan qon ketdi. Jag‘larini sindirib, yordam qila olmagandan keyin shaharga olib ketganlar bolnitsaga. Daje narkoz ham qilmaganlar. O‘g‘lim meni ko‘rib yig‘ladi. Men endi o‘laman¸ deb o‘yladim, dedi menga bolam, deydi Xadicha opa yig‘lab.

Onasining aytishicha¸ Olim Boymatov ilgari bezorilikda ayblanib bir yil qamoqda o‘tirib chiqqan.

Xadicha opaning so‘zlariga ko‘ra, bolaligidan yurak xastaligi bilan og‘rigan Olimning ahvoli yomonlashmoqda va unga tibbiy muolaja zarur. Lekin qamoqxona rahbariyati bu holatga beparvolik bilan qaramoqda.

Xadicha opa o‘g‘lining hech qanday guruhga a‘zo emasligini aytadi.

- Yoshligi shunday o‘tib ketayaptida o‘sha yerda. Uni politicheskiy deb hisoblayapti. Ilgari u qamoqda bo‘lgani uchun¸ to‘g‘ri yuraman deb ichkilikni, chekishni tashladi. Namoz o‘qishni endi o‘rgangan edi ozgina. Uni ilintirib olib ketishdi. Hech qanaqa a‘zo bo‘lmagan o‘sha Hizbut-Tahrir degan narsaga. Keyin eshitdim. Unaqa narsadan xabarimiz ham yo‘q. Bizlarda hech kim namoz ham o‘qimaydi. O‘ris maktabda o‘qigan hamma bolalarim, deydi Xadicha Chalah.

O‘zbekiston inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovning aytishicha, rasmiy Toshkent diniy mahbuslarni qamoqdan chiqarmaslikka harakat qilib kelmoqda.

- Diniy motivlar bilan qamalganlarning hammasi muddati o‘tgandan keyin ularga nisbatan yana jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uch yildan 5 yilgacha, gohida 6 yilgacha yana qamoq jazosi muddatini ko‘paytirishadi. Bularning qiynoqqa uchratilayotgani aniq. Har doim bu narsa sistema bo‘lib qolgan. Buyruq Toshkentdan kelishi aniq. Bular bekitishmaydi buyruq bilan qilishini. Maqsad ularni qamoqdan chiqarmaslik. Iloji boricha uzoq yillar qamoqda ushlab turish maqsadida qilinayapti.

Chiqqandan keyin qasdini olishi mumkin tergov organlaridan bularni nohaq qamashganlari uchun. yoki bularning ko‘pi boshqa davlatlarga chiqib ketadi. O‘zbekistonda yashab bo‘lmaydi. Nimagaki bularni yana qamashi mumkin. Shunaqa bo‘lmasligi uchun bularning muddatini cho‘zaveradi, deydi Sur‘at Ikromov.
XS
SM
MD
LG