Namanganlik futbolchi Odil Ahmedov Rossiya Premyer ligasi a'zosi "Anji" futbol klubining 2011 yildagi eng yaxshi o'yinchisi deya e'lon qilindi. Bu haqda klub veb-sayti xabar bermoqda.
Roberto Karlos, Samuel Eto'o kabi taniqli futbolchilarga ega "Anji"da o'zbekistonlik o'yinchining "yilning eng yaxshisi" deya topilishi o'zbek futboli ishqibozlarini juda ham quvontirdi.
Odil to'p surayotgan Maxachqal'aning "Anji" futbol klubida yilning eng yaxshi o'yinchisi aniqlash uchun muxlislar, murabbiylar va klub rahbariyati ishtirokida ovoz berish jarayoni o'tkazilgan edi. Uning natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi Odil Ahmedov 17 bal bilan birinchi o'rinni oldi. Ikkinchi o'rin esa Rossiya terma jamoasi a'zosi Yuriy Jirkovga (16 bal) nasib etdi. Uchinchi o'rinni esa marokashlik yarim himoyachi Muborak Busuffa (15 bal) egalladi.
Tabiatan kamtarin Odil Ahmedov "yilning eng yaxshi o'yinchisi" unvoni unga nasib etishini kutmaganligi va bu unvonga jamoadoshlari ham teng loyiq ekanligini aytib o'tdi.
- To‘g‘risini aytsam bu sovrin menga tegadi deb o‘ylamagandim, axir klubda bunga loyiq bo‘lgan bir nechta futbolchilar bor! Menga ovoz bergan barchaga – muxlislarga, murabbiylarga va klub rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Bu yil men uchun juda omadli keldi. Nafaqat maydonda, balki uni tashqarisida ham bu holat kuzatildi. Axir farzandim dunyoga keldi. Ammo afsuski mening zarbalarimdan so‘ng to‘p darvozaga kirishni istamadi… Hech qisi yo‘q, umid qilamanki yangi yilda gollarimni urishni boshlayman, - deydi Odil "Anji" saytiga bergan intervyusida.
Joriy yilda Ahmedov "Anji" tarkibida 34 o'yinda qatnashdi va bir golga mualliflik qildi. O'zbekiston terma jamoasi safida esa Odil 2007 yildan beri to'p suradi. U 2009 va 2011 yillarda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya e'lon qilingan edi.
"Ushbu g‘alabangni kimga bag‘ishlaysan?" dega savolga esa Odil shunday javob berdi:
- Agar imkoni bo‘lsa, buni ikkiga bo‘lib birinchi qismini yil davomida bizni qo‘llab-quvvatlab turgan fantastik muxlislarimizga bag‘ishlagan bo‘lardim. Ikkinchi qismini esa o‘z turmush o‘rtog‘imga bag‘ishlagan bo‘lardim.

Rossiya chempionatida "Anji" klubi 32 turdan so'ng 52 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda.