Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:36

Ravshan Ermatov dunyoning eng kuchli hakami


O‘zbekustonilik hakam Ravshan Ermatov Janubiy Afrikada o'tgan Jahon chempionatida.
O‘zbekustonilik hakam Ravshan Ermatov Janubiy Afrikada o'tgan Jahon chempionatida.
Dunyodagi futbol hakamlari faoliyatini tahlil qilib, baholab boradigan Worldreferee.com sayti o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovni 2011 yilgi futbol mavsumining “Eng yaxshi hakami” deb topdi.

Sayt jahondagi futbol hakamlarining o‘tgan yildagi faoliyatini sarhisob qilib, 100 referidan iborat hakamlar ro‘yxatini e‘lon qildi.

Ushbu ro‘yxatga ko‘ra, Ravshan Ermatov dunyodagi hakamlar orasida eng yaxshisi deya e‘tirof etilib, birinchi o‘ringa munosib deb topilgan.

2010 yili Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi tomonidan Ravshan Ermatovga dunyo bo‘yicha eng yaxshi hakamlar orasida ikkinchi o‘rin berilgan edi.

O‘tgan yilning 23 noyabrida Ravshan Ermatov ketma-ket to‘rtinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi.

2010 yilda Ermatov Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionat davomida jami beshta o‘yinni boshqargan futbol tarixidagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.
XS
SM
MD
LG