Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:20

GM Uzbekistan bu yil 8 mingta Chevrolet Cobalt chiqaradi


GM Uzbekistan shirkati 2012 yil davomida sedan rusumidagi 8 mingta Chevrolet Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni rejalamoqda.

Shu yil davomida jami qiymati 52 million AQSh dollaridan oshishi aytilayotgan ushbu rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish O‘zbekistonda endi yo‘lga qo‘yilmoqda.

2013 yilda esa Asakadagi zavoddan jami qiymati 523 million AQSh dollari bo‘ladigan 80 ming dona avtomobil ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

O'zbekistonda ishlab chiqarilgani aytilayotgan Chevtolet Cobalt avtomobili


Yangi chiqadigan Chevrolet Cobalt avtomobilining taqdimot marosimi shu yilning avgust-sentyabr oylarida Moskvada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Cobalt rusumidagi avtomobilning O‘zbekistonda chiqariladigan modeli shu kunlarda AQShda sotilayotgan modeldan farq qiladi. Uning korpusi ayni rusumidagi Aveo modelidan kengroq, Cruze modelidan esa sal kichikroq bo‘lishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG