Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:09

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘iga aktsiz solig‘i solindi


O‘zbekiston hukumati qarori bilan 2012 yilning 1 yanvaridan mamlakatga kiritilayotgan o‘simlik yog‘ining har litriga tovar boj qiymatining 10 foizi miqdorida aktsiz solig‘i solindi.

Bu haqda bugunga kelib UzDaily.uz nashrida berilgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov imzolagan qaror asosida bundan buyon chegaradan kirib kelayotgan har litr o‘simlik yog‘i uchun 16 AQSh tsentidan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha soliq to‘lanishi lozim.

Bunga qadar o‘simlik yog‘iga aktsiz solig‘i solinmagan va faqatgina import tovar uchun belgilangan tovar boj qiymatining 5 foizi miqdoridagi boj solig‘i to‘lanar edi.
XS
SM
MD
LG