Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:38

Nazarboyev 4 milliard dollarlik shartnoma imzoladi


Ikki kunlik tashrif bilan Germaniyaga borgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev kantsler Angela Merkel bilan bo‘lgan muzokaralar natijasida jami 4 milliard AQSh dollari miqdoridagi shartnomalarni imzoladi.

Qozog‘iston va Germaniya hukumatlari o‘rtasida iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik qilish haqida ellikka yaqin shartnoma imzolandi.

Shartnomalar, asosan, elektronika ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan metal va minerallar xom ashyosiga doir bo‘lgan.

Berlindagi matbuot anjumanida Merkel Nazarboyev bilan Janao‘zen voqealari xususida ham gaplashganini aytib, voqea bo‘yicha jiddiy tekshiruvlar o‘tkazish shartligini ta‘kidladi.

7 fevral kuni Berlin markazidagi hukumat binosi oldiga Nazarboyev korteji yetib kelgan paytda germaniyalik faollar Mang‘istau viloyatidagi qonli voqealarning adolatli tekshirilishi va muxolifatga nisbatan tazyiq-ta‘qiblarni bas qilinishini talab qilib, norozilik namoyishi uyushtirdilar.
XS
SM
MD
LG