Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:36

Obodonlashtirish marhamatliklarni xavotirga solib qo‘ydi


Mahalliy hokimlar aholini prezident o‘tishi mumkin bo‘lgan ko‘chalarda hashamatli uylar qurishga majbur qilmoqda.
Mahalliy hokimlar aholini prezident o‘tishi mumkin bo‘lgan ko‘chalarda hashamatli uylar qurishga majbur qilmoqda.

O‘zbekiston tumanlari markazlarini kapital obodonlashtirish navbati Andijon viloyatining Marhamat tumaniga yetdi. Marhamatning markaziy ko‘chalarida yashayotgan aholi uylari buzilib, ko‘chalar kengaytirilyapti. Bu ko‘chalar bo‘ylab yashayotgan aholiga yo ikki qavatli chiroyli uylar qurish, yoki uylarini boylarga sotib chekka qishloqlarga ko‘chib ketish tavsiya qiliniayotgani aytilmoqda. Biroq hokimlik mutasaddilari bu iddaolarni rad qilyapti.

Rossiyada mardikorlik qilayotgan Karimjon Marhamat tumanining Ipak yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi ota-onasi uyi ham buziladigan uylar ro‘yxatiga tushgan.

Karimjonga ko‘ra, hokimiyat vakillari, shahar arxitektori va boshqa mulozimlar, odamlarga uyini yetti metr ichkariga olib, tez muddatda ikki qavatlik uy qurishni maslahat bergan:

- Bir oydan keiyn bizda ham buzilishlar boshlanarkan. Uydagilar kredit so‘rab hukumatga, bankka borishgan ekan. Ular biz kredit berolmaymiz, uylarni qurolmaganlar boy odamlarga sotib ketishlari mumkin, deb aytishibdi. Uzoq qishloqlardan alohida yer ajratib beramiz, bo‘lmasa o‘sha yerdan borib uy qurib olasan, debdi. Ikki-uch etaj uyni qurishga hozir hammani ham qo‘li yetmaydi, endi nima qiladi odamlar,- deydi Karimjon.

Marhamat tumani markazida yashovchi boshqa bir suhbatdoshning aytishicha, uylari buzilishga tushgan odamlar agar ikki qavatli uy qurishga qurbi yetmasa tumanning cho‘l hududiga ko‘chirtirilishi haqida gap bor:

- Ipak yo‘li ko‘chasidagi uylar hozircha buzilgani yo‘q, lekin qish chiqishi bilan buzilish boshlanadi ekan. Bularning hammasi yo‘lning kengaytirilishi uchun qilinyapti,- deydi ismi sir qolishini so‘ragan marhamatlik.

Biroq o‘zini Marhamat tumani hokimligining qurilish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Isroiljon deb tanishtirgan mulozimga ko‘ra, shaharni obodonlashtirish ishlari hukumat qaroriga ko‘ra amalga oshirilyapti:

- Yo‘lning gabariti bor, ya‘ni kengayishi, o‘shanga qarab ko‘chalar kengayadi. Yo‘l kengayib, uylar yo‘qolib ketmaydi, bir-ikki metr ichkariga kiriladi, xolos. Eski uylarning qiyofasi yangi holatga keltiriladi. U ham birdaniga bo‘lmaydi, sekin-sekin, etapma-etap bo‘ladi. Aholiga imtiyozli kreditlar ajratilyapti,- deydi Marhamat tumani hokimligining qurilish ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Isroiljon.

O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Farg‘ona vodiysi viloyatlarini obodonlashtirish dasturini qabul qilgan edi.

Bu dastur qabul qilinganidan so‘ng viloyatlar va tumanlar markazlarida obodonlashtirish ishlari avj oldi.

Biroq hukumat qarorini to‘la-to‘kis bajarishga harakat qilayotgan mahalliy hokimlar obodonlashtirish dasturi doirasida uylari buzilishga tushgan aholiga tovon puli berish, yer bilan ta‘minlash va imtiyozli kreditlar berish kabi talablarni bajarmay kelayotganligi aytiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, ayniqsa mamlakat prezidenti o‘tayotgan ko‘chalarning ikki tomonidagi uylar kamida ikki qavatli va zamonaviy arxitektura talablariga javob bera oladigan bo‘lishi shart.
XS
SM
MD
LG