Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:17

Yaponiya O‘zbekistonga 225 million dollar qarz ajratdi


Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish loyihasi uchun 18 milliard 76 million yyen, taxminan 225 million AQSh dollari miqdorida qarz ajratdi.

UzDaily.uz Internet nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati va JICA rasmiylari shartnomani 27 fevral kuni Toshkentda imzolagan.

Loyihadan maqsad Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkasida tashish imkoniyatini oshirishdan iborat.

Qarshi-Termiz uchastkasi Yaponiyaning moliyaviy ko‘magida qurilgan Toshguzar-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l liniyasini ham o‘z ichiga oladi.

Mazkur liniya qurilishi uchun Yaponiya 2004 yilda O‘zbekistonga taxminan 150 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan.
XS
SM
MD
LG