Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:43

Tojikiston Facebook ga qo'yilgan to'siqni olib tashladi


Tojikiston Internet provayderlari 9 mart kuni Facebook ijtimoiy tarmog'iga qo'yilgan to'siqni olib tashlashdi. Eslatamiz, Facebook.com va yana bir qator vebsaytlarga Tojikiston Aloqa xizmati qarori bilan 3 mart kuni blok qo'yilgan edi.

"Aziya-Plyus" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Facebook saytiga "texnik va profilaktik ishlar" tufayli qo'yilgan to'siq Aloqa xizmatining og'zaki buyrug'i bilan qayta olib tashlangan.

Tahlilchilarga ko'ra, jurnalistlar uyushmalarining va YeXHT ning Tojikiston hukumatiga qilgan bosimi Facebook saytiga kirishni qayta ochishda katta rol oynadi.

Facebook ning Tojikistonda yopib qo‘yilishiga tojikistonlik tarmoq foydalanuvchilari ochgan “Platforma” guruhida Zvezda.ru sayti chop qilgan “Tojikiston inqilob arafasida” nomli maqola keng muhokama qilingani sabab bo‘lganligi aytilayotgan edi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Tojikistondagi jurnalistlar uyushmalari Facebook ni to‘sib qo‘ygani uchun mamlakat hukumatini tanqid qilib, zudlik bilan ijtimoiy tarmoqqa kirish imkonini berishga chaqirishgan edi.

Tojikistondan kelayotgan xabarlarga ko'ra, Facebook tarmog'iga kirish qayta ochilganiga qaramasdan, zvezda.ru, maxala.org, centrasia.ru va tjknews.com saytlari yopiqligicha qolmoqda.
XS
SM
MD
LG