Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:52

“Miss World” tanlovida O‘zbekiston vakilasi ham qatnashadi


Tanlov g‘olibasiga o‘tgan yilgi dunyo go‘zali venesuelalik Ivian Sarkos yangi toj kiydiradi.
Tanlov g‘olibasiga o‘tgan yilgi dunyo go‘zali venesuelalik Ivian Sarkos yangi toj kiydiradi.
Bu yil “Miss World 2012” dunyo go‘zali tanlovida O‘zbekiston vakilasi ilk bor qatnashadi.

Bu haqda tanlov tashkilotchisining rasmiy sahifasida e‘lon qilindi.

Lekin hozircha tanlov rasmiy saytida O‘zbekistondan qatnashadigan qizning kimligi haqida ma‘lumot yo‘q¸ uning fotosurati ham joylashtirilmagan.

Dunyoning eng go‘zal qizi deb e‘tirof etilishga da‘vogar o‘zbek sohibjamolining kim ekani "Miss World" saytida yaqin fursatda e‘lon qilinishi aytilgan.

Lekin, "Miss World" saytida e‘lon qilingan milliy tanlovlar ro‘yxatida O‘zbekiston yo‘q.

Madaniyat vazirligining xabari yo‘q


Tanlovga sal kam besh oy qolgan bir paytda unda O‘zbekistondan kim qatnashishi, dunyoning eng go‘zal qizi bo‘lishlikka da‘vogar O‘zbekistonda qanday tanlab olinishi haqida Ozodlik suhbatlashgan mahalliy rasmiylar biror ma‘lumotga ega emasliklarini bildirdilar.

- Madaniyat vazirligi bu bilan shug‘ullanmaydi. Bizning vakolatimizga kirmaydi bu. Agar Fond Forum kabi xususiy tashkilot shug‘ullanmayotgan bo‘lsa, yana bilmadik ¸ dedi O‘zbekiston Madaniyat vazirligining 21 mart kuni Ozodlik bog‘langan rasmiylaridan biri.

O‘zbekistondan dunyo go‘zali tanlovida bu yil kim qatnashishini bilmaëtgan rasmiylar¸ buning ortida mamlakat Madaniyat vazirligi faoliyatini o‘z qo‘liga olgan Fond forum¸ aniqrog‘i bu forum egasi prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimova turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.

Gulnora Karimovaning Forumi ham tanlovdan bexabar


Ayrim Internet nashrlarida balki Karimova xonimning o‘zi dunyo go‘zallari tanlovida qatnashar, degan yarim hazil taxminlar ham bildirilgan.

O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova rahbari bo‘lgan Fond Forumdagilar esa buni qat‘iyat rad etishdi.

- Biz emas, tochno, dedi Fond Forum matbuot vakili Dinara Do‘ltayeva.

Shu oy boshida Gulnora Karimovaning “Guli” brendi liboslari Moskvada bo‘lib o‘tgan “Rossiya go‘zali” tanlovida taqdim etilgan edi.

- Moskvadagi “Miss Rossiya” go‘zallik tanlovida har yili bironta dizaynerni kiyimlarini olib, finalda taqdim qilishadi. Avvallari, Yudashkin kabi dizaynerlarni liboslari taqdim etilgan. Bu yil tashkilotchilar “Guli”ni tanlashdi. Ya‘ni, u dizayner sifatida u yerda qatnashdi, dedi Dinara Do‘ltayeva.

O‘zbek jamiyati tanlov haqida ikki qutbga bo‘lingan


62-bor o‘tkazilayotgan bu yilgi “MIss World” tanlovi 18 avgustda Xitoyning ichki Mongoliya mintaqasida joylashgan Ordos shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tanlov g‘olibasiga o‘tgan yilgi dunyo go‘zali venesuelalik Ivian Sarkos yangi toj kiydiradi.

Dunyoning eng go‘zal qizi nomi uchun O‘zbekiston vakilasidan tashqari yana 120 ga yaqin mamlakat vakilasi o‘zaro raqobatlashadi.

O‘zbek sohibjamolining dunyo go‘zallik tanlovida qatnashishi borasida o‘zbekistonliklar nima deydi?

- Juda zo‘rku. 100 foiz aminman¸ dunyoda go‘zallik bobida o‘zbek qizlarimizga teng keladigani yo‘q, deydi toshkentlik 35 yashar Muhabbat.

Farg‘onalik 45 yashar Muqimjon aka esa o‘zbek qizlarining tanlovda yarim-yalang‘och chiqarilishiga qarshi.

- Bu musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Umuman men bunaqa tanlovlarda qizlarning hammaning ko‘zi o‘ngida yarim yalang‘och olib chiqilishiga qarshiman. Hammasi an‘ana, udumlarimizga mos bo‘lishi kerak, deydi Muqimjon aka.

Go‘zallik tanlovi shartlaridan biri qizlarning sahnaga cho‘milish kostyumida chiqishidir.

O‘tgan yili "Miss World" tanlovining final bosqichida Britaniya nomidan muslima qizning qatnashishi musulmonlar g‘azabini keltirgan edi.

25 yoshli Shanna Buxoriy Britaniya go‘zallari tanlovida ishtirok etganidan buyon radikal dindorlardan haqorat va nafratga to‘la maktublar olganini aytadi.
XS
SM
MD
LG