Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:01

Orenburgda toshbaqafurush kampir ushlandi


Orenburg Tranport politsiyasi Samaradagi restoranga 2000 dan ziyod toshbaqa olib ketayotgan o‘zbekistonlik 64 yashar ayolni hibsga oldi.

Orenburg vokzalida 3 aprel kuni to‘rtta katta sumka oldida turgan ayol shahar Transport politsiyasi xodimlari e‘tiborini o‘ziga tortgan.

Politsiyachilar tekshiruvi natijasida¸ yuk sumkalari ichida 2245 dona tirik toshbaqacha borligi aniqlandi, deydi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Ural federal okrugi bo‘yicha Transport boshqarmasi rasmiysi Irina Vladimirova Ozodlik muxbiriga.

- U perronda mana shu katta sumkalar bilan turgan ekan. Bu sumkalarda katta miqdorda toshbaqalar borligi aniqlandi. Aynan shu sumkalarning kattaligi politsiyachilar e‘tiborini o‘ziga tortgan. Jonivorlarning Rossiya hududiga olib kirilishiga biror hujjat yo‘q ekan. Ayolni politsiya bo‘limiga olib borishdi va bu yerda uning yoshi 64 da ekani va u O‘zbekistondan kelgani aniqlandi , deydi Irina Vladimirova.

Transport politsiyasi axborot markazi rahbariga ko‘ra, aël toshbaqalarni Rossiyaga Farg‘onadan sotishga olib kelgan. Farg‘onada notanish er-xotin undan bu sumkalarni Samaraga eltib berishni so‘ragan. O‘zbekistonlik 64 yoshli ayolning aytishicha, toshbaqa egalari o‘zini “Sizning yoshingiz katta, chegarachilar tekshirmaydi,” deb ishontirgan. Toshbaqalar maxsus konteynerda emas, balki aralashtirib sumkaning ichiga joylashtirilgan ekan.

Ismi oshkor etilmayotgan bu ayol keyinroq “Orsk — Moskva” poyezdida toshbaqachalarning Samaraga mahalliy restoranlarga delikates taom sifatida tayyorlanish uchun olib ketilayotganini aytgan.

Mazkur hodisa yuzasidan tergov olib borayotgan Orenburg shahar Transport politsiyasi boshqarmasi Tergov bo‘limi xodimi Viktor Alekseyenko Ozodlikka O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoiy ish emas, balki ma‘muriy jazo qo‘llanilishini bildirdi.

- Rossiya qishloq xo‘jaligi nazoratida unga nisbatan ma‘muriy huquqbuzarlik yuzasidan protokol tuziladi va keyin u qo‘yib yuboriladi. Mazkur turdagi qonunbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmagan. Qolaversa¸ sudraluvchilarga bu kabi munosabat Rossiya Jinoyat Kodeksining “Jonivorlarga vahshiylarcha munosabat” moddasi asosida jinoyat tarkibiga kiritilmagan, dedi politsiya xodimi.

Transport politsiyasidan olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, toshbaqalarni noqonuniy Rossiyaga olib kirishda ayblanayotgan 64 yoshli o‘zbekistonlik ayolga sud orqali 500 dan 1000 rublgacha jarima solinadi va u o‘zi olib kelgan toshbaqalar bilan birga O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ayni paytda, Novosti Kazaxstana axborot agentligining xabar qilishicha, 5 aprel kuni Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatidagi “Jaysan” temir yo‘l stantsiyasidan to‘xtab o‘tayotgan 382 raqamli “Toshkent-Ufa” poyezdida iskovich it yordamida oltita katta sumkada olib ketilayotgan 2,5 mingta toshbaqachalar aniqlangan va musodara qilingan.
XS
SM
MD
LG