Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:40

Kachalovo bozorida o‘lganlarning ro‘yxati e‘lon qilindi


Moskvadagi Kachalovo bozoridagi yong‘inda halok bo‘lganlardan o‘n bir nafarining ismi sharifi e‘lon qilindi.

Ulardan o‘n nafari O‘zbekiston fuqarosi, biri tojikistonlik.

Hali olti kishining shaxsi aniqlanmagan.

3 aprel kuni soat tonggi 5 larda Kachalovo bozoriga tegishli omborlardan birida chiqqan yong‘in oqibatida 17 odam halok bo‘lgan.

Bular O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan B.B. Elboyev (1974), G.X. Shodmonqulov (1973), S.E. Pardayev (1983), P.B. Astanqulov (1990), I.Z. Berdiyev (1987), J.M. Maxsimqulov (1991), S.S. Maxsimqulov (1982), M.S. Maxsimqulov, (1977), S.X. G‘oziyev (1991), U.M. Maxsimqulov (1986) va Tojikiston fuqarosi 1975 yilda tug‘ilgan E.B. Boltaboyevdir.

Kachalovo bozorida yashagan o‘zbekistonlik yigitlarni tanigan Tojikistonnning Shahrtuzidan bo‘lgan 29 yoshli Bahodirning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning deyarli barchasi Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘ja Mulki mahallasida yashagan.

Ozodlik Qumqo‘rg‘ondagi Xo‘ja Mulki mahallasi bilan bog‘langanda, mahalla faollari voqeadan xabar topganliklarini, hozirda, buni o‘rganayotganliklarini aytishdi.
XS
SM
MD
LG