Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:25

O‘zbekistonda "LiveJournal"ga to‘siq olib tashlandi


Blaise Alleyne olgan surat.
Blaise Alleyne olgan surat.
O‘zbekistonda LiveJournal ommabop portaliga to‘siq olib tashlangan.

Bu haqda O‘zbekiston ichkarisidagi mustaqil bloggerlar Ozodlikka ma‘lum qilishdi.

Avvallari LiveJournal o‘zbekistonliklar uchun qisman ochiq bo‘lgan ushbu jonli jurnal o‘tgan oy o‘rtalarida O‘zbekistonda to‘siqqa uchragani xabar qilingandi.

Bu jonli jurnalda O‘zbekistonda avvaldan to‘sib qo‘yilgan qator veb sahifalari, jumladan Ferghana.ru axborot agentligi sahifasi o‘z kundaligiga ega va agentlikning Markaziy Osiyo¸ xususan O‘zbekistonga oid xabarlarini to‘siqsiz o‘qish mumkin edi.

Lekin, LiveJournal orqali O‘zbekistonda ayrim taniqli bloggerlar sahifalariga kirish imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Rossiyadagi “Adolatli saylovlar uchun”, deb nomlangan norozilik tadbirlarini muxolifat aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali muvofiqlashtirgan va bunda LiveJournal bloggerlarining ham roli katta bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG