Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:37

Gaz bosimi yana pasayadi


O‘zbekiston hukumati o‘tgan qish mavsumida pasaytirilib, hamon haminqadar ahvolda qolayotgan mamlakat aholisi va muassasalariga yetkaziladigan gaz boisimni yanada pasaytirishi aytilmoqda.

O‘zbekiston mamlakat ichida iste‘mol uchun ajratilayotgan tabiiy gaz hajmini yanada qisqartirishni rejalamoqda.

Urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR) axborot tarmog‘i berayotgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati ichkarida tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni ko‘mir bilan qondirish ko‘lamini yanada kengaytirish niyatida.

Shu yilning 2 martidan boshlab o‘zbek gazi Xitoyga uzatila boshlagan edi. Hozircha qancha gaz uzatilayotgani noma‘lum, ammo 2011 yilgi shartnomada yiliga 10 mlrd. metr kub gaz uzatishga kelishilgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 60 mlrd. metr kub hajmida gaz qazib olinadi. Buning 17 mlrd. Rossiya, 4 mlrd. Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinadi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, qazib olinayotgan tabiiy gazning qolgan qismi mamlakatning ichki ehtiyojiga ajratiladi.

Bir necha yil muqaddam O‘zbekiston eksport hajmini 27 mlrd. kub metrga chiqarish niyatini bildirgan.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, bu maqsadga erishish uchun hukumat ichki ehtiyojga ajratilayotgan gazni elektr energiyasi hajmini oshirish va ko‘mirdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali chorakka qisqartirishga urinmoqda.
XS
SM
MD
LG