Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:11

Sog‘liqni saqlash vazirligi sayti xakerlar hujumiga uchradi


Saytga hujum uchun mas‘uliyatni zimmasiga olgan CLONE-SECURITY xakerlar guruhi shu yo‘l bilan O‘zbekiston hukumatining ayollarni sterilizatsiya qilish siyosatiga norozilik bildirganini aytmoqda.

O‘zlarini CLONE-SECURITY deb ataydigan xakerlar guruhi O‘zbekistonda ayollarning hukumat ko‘rsatmasi asosida sterilizatsiya qilinayotganiga qarshi chiqib, yakshanba kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi saytiga va Tibbiyot portaliga hujum uyushtirdi.

Hukumat saytlarini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan o‘zbekistonlik xakerlar saytlarning bosh sahifasiga “Bizni onalarimizni sterilizatsiya qilmaganlar!” degan yozuvni joylashtirgan va bu talab ostiga “CLONE-SECURITY” deya imzo qo‘ygan.











Ushbu guruh nomidan Ozodlik radiosiga kelgan elektron maktubda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi saytiga uyushtirilgan hujum tafsilotlari yozilgan:

- Saytning xatoligi elektron pochtadan topildi. Sayt administratorining elektron pochtasiga tushib, elektron pochta orqali sayt parolini tiklashga ulgurib, Sog‘liqni saqlash vazirligi saytiga tushdik. U orqali boshqa saytlarga ham dostup olindi.

Bu hujumdan maqsad, bilamizki, hozir O‘zbekistonda onalarning sterilizatsiyasi ketayapti. Ommaga bu chiqarilmasa ham xalq biladi buni. Shu narsa qilinayotgani haqida odamlarga ma‘lum qilish va bu narsani to‘xtatish maqsadida qilindi. Programmistlar bu narsaga chetdan qarab turgani yo‘q, degan ma‘noda.

O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda ayollarning majburan sterilizatsiya qilinayotganiga oid ma‘lumotlarni muttasil inkor etib kelmoqda.

Ayni paytda¸ bunday amaliyotga majburlangan ayollar Ozodlik¸ qolaversa boshqa xalqaro agentliklarga o‘z boshidan kechirganlarni hikoya qilib kelmoqda.

15 may kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda “aholimiz ko‘payish sur‘atlari 1,2 – 1,3 dan ortib ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz” degan Islom Karimov “aholi ko‘payishi sur‘atlari ortib ketmasligi uchun” “targ‘ibot, tashviqot va tibbiyot”dan foydalanilayotgani ta‘kidlagan edi.

Bu bayonot¸ mustaqil tahlilchilar tomonidan¸ O‘zbekistonda ayollarni ommaviy ravishda sterililizatsiya qilishning eng yuqoridan belgilangan rejaga ko‘ra borayotgani tasdig‘i sifatida qabul qilingan edi.
XS
SM
MD
LG