Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:13

Ukraina Yevro-2012 o‘yinlarini tark etdi


Yevro-2012 o‘yinlariga mezbonlik qilayotgan Ukraina chempionatni tark etishga majbur.

Donetsk shahrida o‘tgan D guruhi uchrashuvida Ukraina terma jamoasi Angliya termasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yindagi yagona golga diskvalifikatsiya sabab oldingi uchrashuvlarda qatnasha olmagan Uyeyn Runi mualliflik qildi.

D guruhidagi ikkinchi juftlik Frantsiya-Shvetsiya uchrashuvida 2:0 hisobi bilan shvedlarning qo‘li baland keldi.

Biroq bu g‘alaba guruh autsayderlari qatoriga qo‘shilgan shvedlar uchun foyda keltirmadi.

Shunday qilib, D guruhidan chorak finalga 7 va 4 ochko olgan Angliya va Frantsiya terma jamoalari yo‘llanma olishdi.

Yevro-2012 chorak final o‘yinlari 21 iyun kuni Chexiya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlanadi.
XS
SM
MD
LG