Qo‘l telefoni allaqachon kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan millionlab o‘zbekistonlik chorasizlikdan “U-cell”, “Bilayn” va boshqa aloqa operatorlariga o‘tib ketmoqda.
Boshqa aloqa operatorlari bu qadar ko‘p sonli mijozni yoppasiga qabul qilishga tayyor bo‘lmagani sababli butun O‘zbekiston bo‘ylab uyali aloqa va Internet xizmatlari sifati keskin pasayib ketdi.
Ayni paytda, MTS xizmatining uzilgani tijoratchilarni oldi-berdi, xorijdagi mehnat muhojirlarining O‘zbekistondagi yaqinlari bilan erkin muloqot qilish, qolaversa, minglab oddiy fuqarolarni kundalik salom-alik va bir-birlaridan ahvol so‘rab turish imkonidan mosuvo qildi.
"Hafta savoli" ruknining bugungi sonida respondentlarga “MTSning uzilishi Sizning hayotingizga qanday ta‘sir qilayapti?” degan savol bilan murojaat qildik.
- Bizlar mijozlarimizdan ayrildik. Telefon to‘xtamas edi. Birdan to‘xtab qoldi. Chunki reklamalarimizning hammasida faqat MTS telefon raqamlari berilgan edi. Hozir Bilayn telefonimiz bor. U reklamaga qo‘yilmagan. Foydasi bo‘lmayapti uni. Mijozlarimizda ham MTS edi. Masalan, bizlarda to‘rt telefon bor, hammasi MTS. Xotinimda, ikki qizimda, o‘g‘limda. Hammasiniki MTS edi. Ko‘pga kelgan to‘y¸ deb o‘tiribmiz.
- Mijozlarning ancha-munchasi MTSda edi. Nasiya bilan ham ishlayveramiz ba‘zida. Vijdoni borlari qidirib “men mana shunaqa nomerdaman” deb aytdi. Vijdoni uyg‘onmaganlari, bu narsa esiga kelmaganlari ancha-muncha. Konechno ziyon ko‘radi odam. U faqat pul bilan bog‘liqmas. Qadrdonlaringiz bor, do‘stlaringiz bor. “Meniki Bilayn, men ularni topolmasam, ular meni topib olishadi” desam mayli edi. Umuman hammasi MTSda bo‘lganlar bir-birini topishi qanchalik qiyin bo‘layotganini o‘zingiz tasavvur qilaverasiz. Juda qiyin bo‘layapti. Savdoda ancha qiyinchilik. Ko‘pchilik nomer olib ulgurmadi. Chunki tayyor turgan nomer yo‘q edi. Nomer oladigan joylar tirband bo‘lib yotibdi. Problema ko‘p hali. Mijozlar normalniy ishlay olmayapti telefon normalniy bo‘lmayotganiga. Aloqa juda yomonlashdi. Ko‘pchilik o‘zini Yuselga urgan. Yuselning liniyasining dabdalasi chiqib yotibdi. Gaplashish imkoniyati yo‘q. Siz gapirganingizni u tushunmaydi, unikini siz tushunmaysiz. Qiyin.
- Ijodkor odamni bunday olib qarasangiz, qo‘l telefoni juda kerak bo‘laveradigan narsa emas. Inson qo‘l telefoniga qaysidir darajada mute‘ ham bo‘lib qoladi. O‘zimning telefonim MTSdan bo‘lmagani uchun shaxsan o‘zim tarafimdan shu qiyinchiliklarni ko‘rganim yo‘q. Menga bog‘liq bo‘lgan odamlar hammasi nomer oldi. Shaharlik sifatida men bu narsani juda katta tashvishli nima bo‘ldi deb gapira olmayman.
- MTS singaniga Internet yo‘q, telefon yaxshi ishlamayapti. Bilaynga, Yuselga ham o‘tsam ham Internet ishlamaydi, o‘zidan o‘zi uzilib qoladi. O‘rtoqlar bilan, boshqalar bilan muloqot avvalgidaymas. Hammasi o‘chib qolgan. Telefon ham gaplashayotgan joyda o‘zidan o‘zi o‘chib qoladi, antenna tushib ketadi. Antennalar hammasi o‘ynab yotibdi. Yusel kompaniyasida oddiy simkartalar 5000 edi. O‘shalarni rasman 20 ming qilib qo‘yishibdi.
- Uydagi bolalarning hammasi Bilayn ishlatadi. Bizda Bilayn ishlab turibdi. Menga uchalik ta‘sir qilgani yo‘q. Lekin shu kompaniyaning ishlamay qolgani xalqqa qiyinchilik tug‘diradida. 9 million aholi 4-5 kundan beri telefoni ishlamay turgandan keyin qancha qiyinchlik vujudga kelishi mumkini. Sherigim mening telefonim bilan kecha bir-ikki marta uyim bilan bog‘landi. Ishlasa kerak deb¸ kutib o‘tiribdi. MTS kompaniyada ekan hammasiniki. Kechagina gaplashdim uy bilan. Bilaynda unday qiyinchilik yo‘q.
- Agar men o‘zimdan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsam, kim uchundir g‘alati eshitilishi mumkinu, menimcha ancha foydali bo‘ldi. Chunki hamma tanishlarim, kursdoshlarim MTS tutardi. Lekin biz oilaviy Bilayn kompaniyasining abonenti edik. Aksiga olib ularga men telefon qilardim. Ular meni kamroq yo‘qlardi. Endi esa ular meni yo‘qlashayapti. Shunisiga xursandman. Hech qanaqa qiyinchiliklar bo‘lgani yo‘q. Bir tarafadan ziyon, lekin bir tarafdan yaxshi deb o‘ylayman. Men uchun tanishlarimning Bilayn kompaniyasiga o‘tishi yaxshi. Chunki menga Bilayn yoqardi, ular esa MTS tutishardi.
- MTSning uzilgani qiyinchiligi shu aloqa sifati boshqa kompaniyalarni yomonlashmasu biz yashaydigan qishloqda MTS yaxshi ishlardi. Hozir boshqa kompaniyalarniki unchalik yaxshi ishlamayapti. Gaplashganda uzilib qolayapti, boshqa bo‘layapti. Ular antenna o‘rnatishsa, yaxshi ishlab qolar. Bizning qishloqda aloqa yaxshi bo‘lmayapti. Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida. 27 iyulda qaytadi deb va‘da berayapti ekanku. Shunaqa gaplar bor. Bitta qarindoshimizning telefonini olib kelib beribdi. O‘sha orqali gaplashib turibmiz.
*************************************
Aziz mushtariy¸
Siz ham "Hafta savoli"ga javob yozmoqchi yoki shu mavzuda ma‘lumot bermoqchi bo‘lsangiz "Sharhlar" tugmachasini bosib, fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

G‘ayrat, Videostudiya sohibi, Xorazm:

Madina opa, tadbirkor, Toshkent:

Sanjarali Imomov, dramaturg:
- Ijodkor odamni bunday olib qarasangiz, qo‘l telefoni juda kerak bo‘laveradigan narsa emas. Inson qo‘l telefoniga qaysidir darajada mute‘ ham bo‘lib qoladi. O‘zimning telefonim MTSdan bo‘lmagani uchun shaxsan o‘zim tarafimdan shu qiyinchiliklarni ko‘rganim yo‘q. Menga bog‘liq bo‘lgan odamlar hammasi nomer oldi. Shaharlik sifatida men bu narsani juda katta tashvishli nima bo‘ldi deb gapira olmayman.
Botir, talaba, Toshkent:
- MTS singaniga Internet yo‘q, telefon yaxshi ishlamayapti. Bilaynga, Yuselga ham o‘tsam ham Internet ishlamaydi, o‘zidan o‘zi uzilib qoladi. O‘rtoqlar bilan, boshqalar bilan muloqot avvalgidaymas. Hammasi o‘chib qolgan. Telefon ham gaplashayotgan joyda o‘zidan o‘zi o‘chib qoladi, antenna tushib ketadi. Antennalar hammasi o‘ynab yotibdi. Yusel kompaniyasida oddiy simkartalar 5000 edi. O‘shalarni rasman 20 ming qilib qo‘yishibdi.
To‘lqin, Qo‘qon, Samara:
- Uydagi bolalarning hammasi Bilayn ishlatadi. Bizda Bilayn ishlab turibdi. Menga uchalik ta‘sir qilgani yo‘q. Lekin shu kompaniyaning ishlamay qolgani xalqqa qiyinchilik tug‘diradida. 9 million aholi 4-5 kundan beri telefoni ishlamay turgandan keyin qancha qiyinchlik vujudga kelishi mumkini. Sherigim mening telefonim bilan kecha bir-ikki marta uyim bilan bog‘landi. Ishlasa kerak deb¸ kutib o‘tiribdi. MTS kompaniyada ekan hammasiniki. Kechagina gaplashdim uy bilan. Bilaynda unday qiyinchilik yo‘q.
Mavluda, talaba, Surxondaryo:
- Agar men o‘zimdan kelib chiqib gapiradigan bo‘lsam, kim uchundir g‘alati eshitilishi mumkinu, menimcha ancha foydali bo‘ldi. Chunki hamma tanishlarim, kursdoshlarim MTS tutardi. Lekin biz oilaviy Bilayn kompaniyasining abonenti edik. Aksiga olib ularga men telefon qilardim. Ular meni kamroq yo‘qlardi. Endi esa ular meni yo‘qlashayapti. Shunisiga xursandman. Hech qanaqa qiyinchiliklar bo‘lgani yo‘q. Bir tarafadan ziyon, lekin bir tarafdan yaxshi deb o‘ylayman. Men uchun tanishlarimning Bilayn kompaniyasiga o‘tishi yaxshi. Chunki menga Bilayn yoqardi, ular esa MTS tutishardi.
Abdulaziz, Andijon, Rossiya: